Yangiliklar arxivi

#Dunyo

Apple dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi

Nvidia aksiyalarining keskin arzonlashishi ortidan Apple bozor qiymati bo‘yicha yetakchilikni qaytarib oldi va 4,9 trillion dollarlik kapitalizatsiya bilan dunyoning eng qimmat kompaniyasiga aylandi. Investorlar endi sun’iy intellekt bumining spekulyativ o‘sishidan ko‘ra kompaniyalarning barqaror foydasiga ko‘proq e’tibor qaratmoqda.

#Jamiyat

Toshkent aeroportida ikki ayolni Turkiyaga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida IIB va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ikki nafar ayolni aldov yo‘li bilan Turkiyaga fohishalik uchun yubormoqchi bo‘lgan shaxslar Toshkent xalqaro aeroportida qo‘lga olindi. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.