Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Jamiyat

BMT Farg‘ona vodiysini yuqori seysmik hudud deya ogohlantirdi. Vahimaga asos bormi?

17-iyl, 17:59
Tashkilotning bayonoti e’lon qilingach o’zbekistonliklar orasida katta muhokamalar kelib chiqdi. Shu munosabat bilan Fanlar akademiyasi Seysmologiya institut…

Tashkilotning bayonoti e’lon qilingach o’zbekistonliklar orasida katta muhokamalar kelib chiqdi. Shu munosabat bilan Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti laboratoriya mudiri Ulfat Nurmatov aholi va hududlarning seysmik holati, olib borilayotgan ilmiy kuzatuvlar haqida ma’lumot berdi.

Farg‘ona seysmik faol hudud

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Fargʻona vodiysi hududi oʻzi seysmik faol hudud. Bu hududda zilzilani keltirib chiqaradigan yer yoriqlari mavjud. Bu yer yoriqlari doirasida qanaqa qilib kuchli zilzila yuzaga kelishi chuqur oʻrganilgan. Shular asosida bugungi kunda respublika hududida, qoʻshni respublika hududlarida maksimal kuchga ega boʻlgan zilzilalar qiymatlari nimalarga teng, boʻlish imkoniyati bor degan baholar berilgan. Ularga tegishli xaritalar ishlab chiqilgan. Bugungi kunda qurilayotgan barcha bino-inshootlar shu xaritalarga asoslangan loyihalar asosida quriladi. Yaʼni viloyat, shahar, tumanlar boʻyicha seysmik mikrorayonlashtirish xaritalari tuzilgan. Ularda shahar hududlarida necha ballgacha boʻlgan seysmik silkinish yuzaga kelishi mumkin degan baholar berilgan. Qurilish tashkilotlari asosan biz bergan oʻsha baholarga asoslangan holda loyiha qilinadi.

Farg‘ona zilzilasi

Fargʻona vodiysida oxirgi kuchli zilzila 2011-yilda, oʻsha Kon zilzilasi yuzaga kelgan, 6.4 magnitudali. SHundan so‘ng boshqa kuchli zilzilalar sodir boʻlgani yoʻq. 5-5.5 magnitudali zilzilalar doim boʻlib turadi, chastotasi yuqoriroq, lekin kuchi kam. Seysmik imkoniyati yuqori boʻlgan yoriqlar bor, bular nisbatan janubiy hududlardan, Tojikiston va Pomir hududlaridan oʻtadi. Ular magnitudasi 7 gacha boʻlgan zilzilani keltirib chiqarish imkoniyatiga ega. Oʻsha hududda shunaqa kuchga ega boʻlgan zilzilalar sodir boʻlganda, uning seysmik taʼsiri 9 balldan oshmaydi.

Afgʻoniston hududida chuqur oʻchoqli zilzilalar bor. U yerda tez-tez qaytarilib turadi, asosan 250, salkam 300 kilometr chuqurlikda boʻladi. Markaziy Osiyoning hamma respublikalari oʻsha silkinish taʼsirini his qiladi, lekin bularning kuchi hech qachon 8-9 ball darajaga yetmaydi, chunki chuqurlikda soʻnib boradi.

Seysmik xavf prognozi

Oxirgi paytda Fargʻona vodiysidagi oʻzimizning viloyatlar uchun tuzilgan xaritada keltirilishicha, asosan 90 foizdan ortiq hudud 8 balli hudud hisoblanadi. Agar shu yerdagi mavjud boʻlgan yer yoriqlari oʻzining maksimal seysmik potensialini yuzaga chiqarsa ham, silkinish 8 balldan oshmaydi. Bor ayrim kichkina hududlar, deylik, 9 ballga yetishi mumkin. Bu ham oʻsha yerdagi yer yoriqlarining faolligini oʻrganish natijasida, yer qobigʻining yuqori qismlari tuzilishini hisobga olib berilgan baho. Mana bu xarita shunaqa imkoniyat beradiki, 50 yil ichida shu hududda zilzilaning kuchi 8 balldan oshib ketish ehtimoli 5 foiz, oshmaslik kafolati 95 foiz deb baholanadi.

Bugungi kundagi Fargʻona vodiysidagi real ahvol shuki, asosiy qismi 8 ball, ozgina qismi, yaʼni Andijon shahrining sharqiy qismida 9 ballga teng boʻlgan silkinish yuzaga kelishi mumkin. Bu ham oʻsha yer yoriqlari oʻzining maksimal potensialini ishlata olsa, lekin buni qachon ishlatadi – ehtimoli nihoyatda kam.

“Shuning uchun hozir aholining vahimaga tushishiga hech qanaqa asos yoʻq”, – deydi Ulfat Nurmatov.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22
Ispaniyada tezyurar poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 68 kishi halok bo‘ldi. Mamlakatda 3 kunlik motam e’lon qilindi
#Dunyo

Ispaniyada tezyurar poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 68 kishi halok bo‘ldi. Mamlakatda 3 kunlik motam e’lon qilindi

29-okt, 10:04
“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service
#O‘zbekiston

“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service

29-okt, 00:52

Kun tanlovi

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
Oltinsoy tumanida YPX xodimi to‘xtash talabiga bo‘ysunmagan Captiva ortidan xizmat avtomobilida kuzatgan va ko‘p o‘tmay YTH sodir bo‘lgan. Lacetti haydovchis…
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
Farg‘ona shahrida 24 yoshli yigit ko‘p qavatli uyning 15-qavatidan qulab vafot etdi. Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanib, prokuratura tekshiru…
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22
#Dunyo

Ispaniyada tezyurar poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 68 kishi halok bo‘ldi. Mamlakatda 3 kunlik motam e’lon qilindi

29-okt, 10:04
#O‘zbekiston

“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service

29-okt, 00:52
Yana koʻrsatish