Yangiliklar arxivi

#O‘zbekiston

Banklar kiberfiribgarlikning oldini olmasa, mijozga yetkazilgan zararni qoplaydi

O‘zbekistonda banklar va to‘lov tashkilotlarining kiberxavfsizlik bo‘yicha mas’uliyatini kuchaytirish rejalashtirilmoqda. Qonunchilik palatasida qabul qilingan qonun loyihasiga ko‘ra, agar bank yoki to‘lov tizimi operatori kiberxavfsizlik talablariga rioya qilmasa yoxud firibgarlik (frod) operatsiyalarining oldini olish choralarini ko‘rmasa va buning oqibatida mijoz moddiy zarar ko‘rsa, ushbu zarar moliyaviy tashkilot tomonidan qoplanadi.

#Jamiyat

Quvaning so‘kong‘ich hokimiga chora ko‘rildi

Farg‘ona viloyati Quva tumani hokimi Halimjon Umarov fermerlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat fuqarolik xizmatchisiga qo'pol munosabatda bo'lib, haqorat qilgani. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xizmat tekshiruvi o‘tkazish hamda huquqiy baho berish bo‘yicha taqdimnoma kiritdi.

#Jamiyat

Toshkent metrosiga 3 ta yangi poyezd olib kelindi

Toshkent metropoliteniga yana zamonaviy rusumdagi 3 ta yangi harakat tarkibi olib kelindi. 2026-yil sentyabr oyiga qadar, yana 8 ta 4 vagonli harakat tarkiblari xarid qilinishi rejalashtirilgan.

#Jamiyat

Alifboga tuzatishlar ortiqcha xarajat talab qilmaydi

Jamoatchilik faoli Shahnoza Soatova Qonunchilik palatasi qabul qilgan alifbo o‘zgartirishlari atrofidagi muhokamalarga munosabat bildirib, islohotlar ortiqcha xarajat va shoshilinch almashtirishlarga sabab bo‘lmasligini ta’kidladi.