O‘zbekistonda 1,5 mingga yaqin fuqaro o‘zidan bexabar ishga joylashtirilgani aniqlandi

2026-yilning birinchi yarmida Davlat mehnat inspeksiyasiga fuqarolarning o‘z xabarisiz ishga joylashtirilishi holati yuzasidan 1 495 ta murojaat kelib tushgan.
Murojaatlarni o‘rganish natijasida amalda faoliyat yuritayotgan 143 ta korxona va tashkilot rahbarlariga nisbatan ma’muriy hamda jinoiy ta’sir choralari qo‘llandi. Shuningdek, 56 ta korxonaga yozma ko‘rsatmalar kiritildi.
O‘rganishlar davomida ayrim murojaatlarda ko‘rsatilgan tashkilotlar bugungi kunda tugatilgani ma’lum bo‘ldi. Fuqarolarning huquqlarini tiklash maqsadida 2020–2025-yillar oralig‘ida Yagona milliy mehnat tizimiga (YAMMT) kiritilgan soxta ma’lumotlar tizimdan o‘chirib tashlandi.
Mehnat faoliyati haqidagi ma’lumotlar o‘zidan bexabar rasmiylashtirilganini aniqlagan fuqarolar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 1176 qisqa raqamiga murojaat qilishlari mumkin.





