Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida Captiva ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasidan so‘ng YPX inspektoriga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi. Bu haqda IIB JXX YHXB axborot xizmati ma’lum qildi.
Idora xabariga ko‘ra, 2026-yil 18-oktabr kuni soat 08:20 larda “Yangi qurilish” mahallasida xizmat olib borayotgan YPX inspektori haydovchilik huquqiga ega bo‘lmagan shaxs boshqaruvidagi Captiva avtomobilini to‘xtatishga uringan. Haydovchi qonuniy “To‘xta” ishorasiga bo‘ysunmay, harakatini davom ettirgan. Shundan so‘ng inspektor xizmat avtomobilida uning ortidan kuzatib borgan.
Shu vaqt Captiva haydovchisi asosiy yo‘lda harakatlanayotgan Lacetti avtomobilining yo‘liga chiqib ketib, YTH sodir etgan. Lacetti haydovchisi tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan. Kun’uz ma’lumotiga ko‘ra, LAcetti’da bölgan 5 kişi turli darajada jarohatlangan. Xususan, haydovchining ukasi qo‘l sinishi bilan shifoxonaga olib borgan.
Hozirda hodisa yuzasidan Oltinsoy tumani prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda. YPX inspektorining harakatlariga huquqiy baho berish uchun Surxondaryo viloyati IIB mas’ul xodimlari xizmat tekshiruvini tayinlagan.







