Toshkent metrosiga 3 ta yangi poyezd olib kelindi

Kecha, 20-iyul kuni Toshkent metropoliteniga yana zamonaviy rusumdagi 3 ta yangi harakat tarkibi olib kelindi. Bu haqda poytaxt metropoliteni xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilda xarid qilingan harakat tarkiblari hisobiga yangi zamonaviy poyezdlar soni 47 taga yetkazildi. 2026-yil sentyabr oyiga qadar, yana 8 ta 4 vagonli harakat tarkiblari xarid qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o’tamiz, 12-iyul sanasida ham 3 ta zamonaviy harakat tarkiblari olib kelingan edi.
Ushbu rejalar zamirida yo’lovchilarga xavfsiz va sifatli tezkor metro xizmatini ko’rsatish, harakat intervallarini qisqartirish va metro vagon parkini butunlay yangilanishiga erishish maqsad qilingan.






