Abduqodir Husanov JCH-2026 ning eng tezkor top-6 futbolchisi safiga kirdi

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2026-yilgi Jahon chempionati yakunlari bo‘yicha rasmiy statistik ma’lumotlarni e’lon qildi. Unda turnirning eng yuqori tezlik ko‘rsatgan futbolchilari ro‘yxati ham keltirilgan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov mundial davomida 36,46 km/soat tezlik qayd etib, musobaqaning eng tezkor o‘yinchilari orasida 6-pog‘onadan joy oldi. U ushbu ko‘rsatkich bilan himoyachilar o‘rtasida kuchli uchlikka kirdi.
Turnirning eng tezkor futbolchisi deb Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe topildi. U soatiga 37,61 km tezlik erishgan.
JCH-2026 ning eng tezkor 10 ta futbolchisi:
1. Kilian Mbappe (Fransiya) – 37,61 km/s
2. Antoni Elanga (Shvetsiya) – 37,16 km/s
3. Mikki van de Ven (Niderlandiya) – 36,77 km/s
4. Jordan Bos (Avstraliya) – 36,67 km/s
5. Erling Holand (Norvegiya) – 36,52 km/s
6. Abduqodir Husanov (O‘zbekiston) – 36,46 km/s
7. Bredli Barkolya (Fransiya) – 36,32 km/s
8. Djed Spens (Angliya) – 36,22 km/s
9. Teo Ernandes (Fransiya) – 36,17 km/s
10. Nelson Semedu (Portugaliya) – 35,90 km/s








