Prezident Bosh vazirga 17 nafar hokimni ishdan bo‘shatish masalasini topshirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda olti oy yakunlari bo‘yicha sanoat va eksport ko‘rsatkichlari tanqidiy tahlil qilindi.
Birinchi chorakda ko‘rsatkichlarni bajarmagan 28 nafar hokim ishdan olingan edi. Olti oylik yakunlarga ko‘ra aksariyat hududlar rejani bajargan bo‘lsa-da, ayrim tuman va shaharlarda sanoat hamda eksport susteishib ketgan.
Xususan, Yangiobod, Muzrabot, Qiziriq, Oltiariq tumanlari hamda G‘ozg‘on shahrida sanoat o‘sishi pasaygan. Shuningdek, Kasbi, Denov, Toshkent, Paxtaobod, Jomboy, Toyloq, Bandixon, Mirzachstyle, Yozyovon, Bektemir tumanlari va Jizzax hamda Navoiy shaharlarida eksport ko‘rsatkichlari talab darajasida ta’minlanmagan.
Prezident Bosh vazirga ushbu 17 nafar hokimning lavozimiga loyiqlik masalasini bugun ko‘rib chiqishni topshirdi. Agar 9 oy yakuni bo‘yicha o‘zgarish bo‘lmasa, viloyat hokimlarining o‘rinbosarlari ham javobgarlikka tortiladi.







