Lula da Silva Braziliyadagi saylovda g‘olib chiqib, to‘rtinchi bor prezident bo‘ldi

Oliy saylov sudi ma’lumotlariga ko‘ra, u 51,79 foiz (64,25 million) ovoz to‘plab, to‘rtinchi muddatga prezident etib saylandi.
Uning raqibi, sobiq prezidentning o‘g‘li senator Flaviu Bolsonaro 48,21 foiz ovoz olib, mag‘lubiyatga uchradi. E’tiborli jihati, bu mamlakat saylovlari tarixida birinchi turda ikkinchi o‘rinda borgan nomzodning ikkinchi turda natijani o‘z foydasiga o‘zgartira olgan ilk holati bo‘ldi.
Natijalar e’lon qilingach, ko‘chalarda ommaviy bayram tadbirlari boshlandi. Mag‘lub bo‘lgan Flaviu Bolsonaro esa noqulay ob-havo va transport muammolari sababli ovoz berish vaqti uzaytirilganini ro‘kach qilib, saylov natijalarini tan olishdan bosh tortmoqda va ularni bekor qilishni talab qilmoqda.
Bu 80 yoshli Lula da Silva uchun to‘rtinchi prezidentlik muddatidir. Avvalroq u 2003–2010-yillarda mamlakatni boshqargan va 2023-yilda qayta prezident bo‘lib saylangan.
Lula qayta o‘z nomzodini qo‘ymasligini, ammo amaldagi vakolat muddatini bor kuchini safarbar etib, sidqidildan mehnat qilish bilan yakunlashini ta’kidladi.








