Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot#Foydali
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot#Foydali

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

© 2026 Portal24. Barcha huquqlar himoyalangan.

Sayt materiallaridan foydalanilganda portal24.uz saytiga havola berish majburiy.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot#Foydali
Biz haqimizdaTelegram
#Siyosat

Bog‘cha opadan agronomgacha. O‘zbekiston xalqining taqdirini kimlar hal qilyapti?

27-noy, 17:17·Muallif: Abdurahmon Ergashev
Senat

Sarlavha sizga qiziq tuyulgan bo‘lishi tabiiy. Haqiqatdan bir xalqning taqdirini kim hal qiladi? Albatta o‘sha xalqning o‘zi-da. Axir Qur’oni Karimning Ra’d surasi, 11-oyatida Yaratgan nima deb edi? “Albatta, bir qavm o‘zlaridagi narsani (holatni) o‘zgartirmagunlaricha, Alloh ularning holatini o‘zgartirmas”.

Demak bir qavm o‘z turmush tarzini o‘zgartirishi uchun avvalo o‘zlariga vakillar, yo‘lboshchilar saylaydi. Bu dunyoning deyarli barcha huquqiy mamlakatlarida o‘zini oqlagan usul. Ana o‘sha vakillar esa, xalq xohish-irodasiga ko‘ra, ularning turmush-tarzi, taqdirini o‘zgartirishga sabab bo‘luvchi qonunlar ishlab chiqadi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasida: “Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir”, deb belgilangan. Bu qoida davlat hokimiyatining asl egasi xalq ekanini anglatadi. Davlat organlari esa o‘z vakolatlarini xalq nomidan va Konstitutsiyada belgilangan tartibda amalga oshiradi.

Konstitutsiyaning 91-moddasiga ko‘ra, Oliy Majlis O‘zbekistonning oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. U ikki palatadan  Qonunchilik palatasi va Senatdan iborat.

Turli mamlakatlarda siyosiy elitaning kasbiy tarkibi bir-biridan farq qiladi. Ayrim davlatlarda huquqshunoslar, boshqalarida iqtisodchilar yoki texnik mutaxassislar siyosiy maydonda salmoqli o‘rin egallaydi. Xususan, AQShda huquqshunoslar, Xitoyda texnokratlar, Rossiyada iqtisodchilar va injenerlar, Yevropada o‘qituvchilar/ziyolilar va biznes vakillari mamlakatda qabul qilinadigan qonunlarning asosiy figurantlari hisoblanadi.

Xo‘sh, O‘zbekistonda xalq nomidan qonun chiqarish, mamlakatning siyosiy va ijtimoiy yo‘nalishlarini belgilashda ishtirok etayotgan insonlar asosan qaysi soha vakillari? Ularning kasbiy va ilmiy tajribasi qanday?

Bu savolga Portal24 O‘zbekiston Senatidagi 60 nafar vakilning kasbiy tarkibini tahlil qilish orqali javob topishga harakat qildi.

Senat 1

Harbiylar – 1 nafar (1,7 foiz)

Ro‘yxatning eng quyi pog‘onasini harbiy soha vakili band qilgan. Mamlakatning eng oliy organida bir nafar harbiy – General-mayor Amanbay Orinbayev faoliyat olib boradi. U o‘z professional faoliyatini ichki ishlar tizimida boshlagan.

Shifokorlar – 2 nafar (3,3 foiz)

Keyingi o‘rinda esa, xalqning tom ma’noda hayotini asrab qolishda muhim rol o‘ynovchi shifokorlar turadi. O‘zbekiston Sentida 2 nafar tibbiyot xodimi bor – akusher-ginekolog Aral Ataniyazova va shifokor-terapevt Zumrad Bekatova.

Agronomlar – 4 nafar (6,7 foiz)

Oliy Senat tarikibining 6,7% foizini mamlakatning driver sohalaridan biri bo‘lmish, xalq qornini to‘qlovchi 4 nafar Qishloq xo‘jaligi va agrar yo‘nalish vakillari – Andijon viloyatining o‘tda yonmas, suvda cho‘kmas hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov,  olim-agronom Nusratulla Pardayev va Qashqadaryodan saylangan agromuhandis Shuhrat Aslanov tashkil qiladi.

Atoqli yozuvchi Murod Muhammad Do‘st o‘z intervyularidan birida “Biz dastlabki ba’zi yillarda agrar mamlakat degan statusdan qochdik, doim qoloqlikni agrar mamlakat fonida tushundik. Afsuski, yuksak texnologiyalarga tayangan agrar mamlakat bo‘lish sharaf ekanligini, bizning kuchimiz shunda ekanligini kech tushundik”, degan edi.

Darhaqiqat, Jahoda tobora oziq-ovqat taqchilligi ortib borayotgan, suniy, xalq tilida aytganda “ximikat” mahsulotlar o‘rni tobora kenggayib ketgan davrda O‘zbekistonning eng oliy bo‘g‘inida agronom va agromuhandislarning mavjudligi mamlakat uchun muhim. Chunki davlat iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi, suv resurslari, yer munosabatlari va oziq-ovqat xavfsizligi katta o‘rin tutadi.

Xo‘sh, navbatdagi qatlamga qaysi soha vakillari kiradi deb o‘ylaysiz?

Muhandis va texnologlar – 5 nafar (8,3 foiz).

Ular mamlakat barposi va innovatsion salohiyatining ortishida salmoqli o‘rin egallovchi navoiylik metallurg-muhandis Quvondiq Sanaqulov, Samarqand viloyatidan saylangan muhandis-texnolog Maryam Niyazova, Samarqand davlat universiteti rektori, muhandis-quruvchi Rustam Xolmurodov, Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi go‘zal va latofatli Malika Qodirxonova hamda muhandis-elektrik Rustam Kalonovlar.

Bu guruhga metallurg-muhandis, muhandis-texnolog, quruvchi-muhandis va muhandis-elektrik kabi mutaxassisliklar kiritildi.

Qayd etishimiz lozimki, sanoat, energetika, qurilish, transport va ishlab chiqarish kabi sohalarning qonunchilik bilan bog‘liq muammolarini hal etishda texnik mutaxassislarning tajribasi alohida ahamiyat kasb etadi.

Gumanitar soha vakillari – 8 nafar (13,3 foiz)

Navbatdagi salmoqli guruh vakillari davlatning yumshoq kuchini namoyon etadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ular orasida jurnalistlar, tarixchilar, filologlar, yozuvchi va san’atkorlar bor. Ularning parlamentdagi ishtiroki jamiyatning ma’naviy hayoti, madaniyat, til, tarix, axborot siyosati va ijodkorlar manfaatlarini ifodalash nuqtayi nazaridan ahamiyatli. Qolaversa bu ro‘yxatdagilarning aksariyati o‘z faoliyati bilan ham sizga ancha tanish. Xususan, O‘zbekistonda Prezidentdan keyin mamlakatning ikkinchi odami hisoblanuvchi Senat raisi Tanzila Norboyeva mutaxassisligi bo‘yicha filolog.

O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir ham raisa Norboyevaga hamkasb hisoblanadi. U filolog, o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi bo‘lib, Toshkent universitetining filologiya fakultetini tugatgan.

Ustazoda olim, akademik Azamat Ziyo va Jizzax viloyatidan saylangan Jamila Bobonazarovaning yo‘li bir yo‘nalishda – tarix sohasida tutashgan. Ular qaysidir ma’noda o‘zbekistonlik tarixchilarning Senatdagi vakillari ham hisoblandi.

Bu ro‘yxatda davlatning to‘rtinchi hokimiyati hisoblanuvchi jurnalistika sohasi vakillari ham bor. Xususan, “Ishonch” va “Ishonch-Doverie” gazetalari bosh muharriri Husan Ermatov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, qashqadaryolik senator Komila Karamova mutaxassisligi bo‘yicha jurnalist hisoblanadi.

O‘zbekiston Qahramoni, professor Munojot Yo‘lchiyeva esa mamlakatdagi barcha san’at sohasi vakillari nomidan Senatdagi madaniyat sohasi bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlarda muhim rol o‘ynaydi.

Huquqshunoslar – 9 nafar (15 foiz)

Qonun chiqaruvchi organ tarkibida huquqshunoslarning bo‘lishi, albatta, muhim. Chunki qonunlarni ishlab chiqish, huquqiy normalarni tahlil qilish va ularning amaldagi qonunchilikka mosligini baholash maxsus bilim talab qiladi. Qolaversa viloyat hokimlari va Senat tarkibidagi aksariyat qo‘mitalarga ham aynan shu soha vakillari raislik qiladi.

Chunonchi, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burhonov, Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Abdulhakim Eshmurodov, Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Orzigul Qozixonova, Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Agzamxodjayev, Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov, Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursinxon Xudayberganov va Toshkent viloyatidan senator Abdullo Xursanov asli huquqshunoslik bo‘yicha oliy ma’lumotga ega.

Pedagogika va fan – 13 nafar (21,7 foiz)

O‘zbekistondagi o‘zgarishlarga bevosita aloqadorbo‘lgan eng yirik guruh o‘qituvchilar, pedagoglar va ilmiy yo‘nalish vakillaridan iborat.

Bu guruhning mavjudligi tabiiy ravishda ta’lim, ilm-fan, maktab va oliy ta’lim tizimi, pedagoglar manfaatlari kabi masalalarda tajriba borligini anglatadi.

Biroq pedagogik tajriba bilan davlat siyosatini ishlab chiqish tajribasi bir xil tushuncha emas. Muhimi, bu bilim va tajriba qonunchilik jarayonida qay darajada namoyon bo‘lishidir.

Ular Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Mamatkarimov, O‘zbekiston Qahramoni, Fanlar akademiyasi prezidenti, matematik Shavkat Ayupov, Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator, rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Gulnora Ma’rufova, Qarshi davlat universiteti “Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari” kafedrasi professori Abdurahim Erkayev, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Bosh direktori Abdusaid Ko‘chimov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi, kimyo va biologiya fanlari o‘qituvchisi Qudratilla Rafiqov, andijonlik fizika o‘qituvchisi O‘ktamjon Oxunov, Vobkentdan saylangan rus tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Moyra Toshova, fizika va matematika fani o‘qituvchisi Aksavli Tumishova, Guliston shahridagi “Halima Xudayberdiyeva” nomidagi ijod maktabi direktori Pokiza Axmedjanova, boshlang‘ich ta’lim mutaxassisi Dilbar Suvonova, Xorazm viloyatidan saylangan senator Sayyora Abdukarimova va matematika fani o‘qituvchisi Bahrom Abdullayevlardir.

Diqqat! O‘zbekiston iqtisodchilar qo‘lida. (30,1 foiz)

Ro‘yxatdagi eng katta guruh iqtisodiyot, biznes, menejment va moliya yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi. 60 nafar a’zosi bo‘lgan Oliy Majlis Senatining qariyb 20 nafarini yuqoridagi soha vakillari band etgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, O‘zbekiston Qahramoni Sodiqjon Turdiyev, Samarqand hokimi Adiz Boboyev, Buxoro hokimi Botir Zaripov, Navoiy hokimi Normat Tursunov, Namangan hokimi Shavkat Abdurazzoqov, Farg‘ona hokimi Xayrulla Bozorov, Jizzax hokimi Ulug‘bek Mustafoyev va Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayevlar, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi Erkin Gadoyev, Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi Anvar Tuychiyev, Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Navoiy viloyatining sobiq hokimi Qobul Tursunov, Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov, Namangan viloyatidan saylangan senator Anna Dobrix, “Nuroniy” jamg‘armasi Namangan viloyati bo‘limi raisi Ikromxon Najmiddinov, “Nuroniy” jamg‘armasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi Zokirjon Rahmonov va Samarqand viloyatidan saylangan tojik millatiga mansub senator Shavkat Sharipovlar iqtisodiyot bo‘yicha ko‘p yillik malakaga ega bo‘lgan professionallar hisoblanadi.

Bu guruhda iqtisodchilar bilan bir qatorda muhandis-iqtisodchilar, hisobchi-iqtisodchilar va menejment yo‘nalishi vakillari ham bor.

Ayniqsa, iqtisodiy islohotlar, davlat budjeti, soliq siyosati, investitsiya, tadbirkorlik va hududlarni rivojlantirish masalalarida bunday tajriba muhim ahamiyatga ega.

Bundan ko‘rinadiki, iqtisodchilar va biznes boshqaruvi vakillari eng katta guruhni tashkil etadi. Ularning ortidan pedagogika va fan vakillari keladi. Huquqshunoslar esa uchinchi o‘rinda.

Shu bilan birga, pedagogika, jurnalistika, tarix, filologiya va san’at yo‘nalishlarini birgalikda qarasak, jamiyatning ta’limiy va ma’naviy sohalaridan kelgan vakillar ham salmoqli o‘rin egallaydi.

Bu raqamlar ustida to‘xtalib, bir muhim savolni berish kerak: parlament a’zolarining qaysi kasb egasi ekanligi qanchalik muhim?

Albatta, mutaxassislik muhim. Iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda iqtisodchining, qonunlarni ishlab chiqishda huquqshunosning, ta’lim siyosatida pedagogning, sanoat masalalarida muhandisning tajribasi kerak.

Lekin parlament a’zosining vazifasi faqat o‘z kasbiy sohasini himoya qilishdan iborat emas. U butun jamiyat manfaatlarini hisobga olishi, turli qatlamlarning muammolarini eshitishi va ular uchun qonunchilik yechimlarini izlashda qatnashishi kerak.

Shu sababli senatorning diplomida qaysi mutaxassislik yozilgani bilan bir qatorda, uning qanday qonun tashabbuslari bilan chiqqani, qaysi masalalarni ko‘targani, qaysi hudud yoki ijtimoiy guruh manfaatlarini himoya qilgani ham muhim.

Yana bir jihat: Senat hududiy vakillik palatasi hisoblanadi. Demak, senatorlar faoliyatini baholashda ularning kasbiy tarkibi bilan birga hududlar manfaatlarini qay darajada ifodalayotganiga ham e’tibor qaratish lozim.

chart 1

Xulosa o‘rnida

Konstitutsiyada xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai deb belgilangan. Bu shunchaki siyosiy shior emas, balki davlat boshqaruvining asosiy konstitutsiyaviy prinsipidir.

Shunday ekan, xalq nomidan qaror qabul qiladigan vakillarning kasbiy tajribasi, dunyoqarashi va faoliyati jamiyat uchun befarq mavzu bo‘lishi mumkin emas.

Ammo maqolaning boshidagi savolga qaytsak: O‘zbekiston xalqining taqdirini kimlar hal qilyapti?

Konstitutsiyaviy jihatdan javob – xalqning o‘zi. Davlat hokimiyatini esa xalq nomidan vakolat berilgan organlar amalga oshiradi. Bizning oldimizdagi muhim vazifa – shu organlarda faoliyat yuritayotgan vakillar xalq manfaatlarini qanchalik ifodalayotganini, ularning qarorlari va amaliy faoliyati bilan baholashdir.

Chunki mamlakat taqdirini belgilashda insonning diplomidagi mutaxassislik emas, avvalo, uning mas’uliyati, bilimidan qanday foydalanishi va xalq oldidagi hisobdorligi hal qiluvchi ahamiyatga ega.

  • #Senat
  • #Xalq
  • #Oliy Majlis
  • #Konstitutsiya
  • #Parlament
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling
Maqola muallifiAbdurahmon Ergashev#Siyosat
Muallifning boshqa maqolalari

Shuningdek oʻqing

#Siyosat

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligiga yangi direktor tayinlandi

23-noy, 10:37·Abdurahmon Ergashev
#Siyosat

Turkmaniston bilan 3 kunlik vizasiz rejim joriy etilishi mumkin

19-noy, 13:00·Javohir Qadamov
#Siyosat

Vazir bo‘lish uchun qayerda o‘qish kerak?

18-noy, 17:56·Javohir Qadamov
#Siyosat

Saida Mirziyoyeva Kanada elchisi bilan viza tartibini yengillashtirish masalasini muhokama qildi

18-noy, 10:18·Javohir Qadamov
#Siyosat

Şavkat Mirziyoyev Donald Tramp va Amerika xalqiga sovğa qilgan özbek milliy ayvonlari Vaşingtondagi parkka örnatildi

17-noy, 10:43·Javohir Qadamov
#Siyosat

Şavkat Mirziyoyev Ömon Sultonligining oliy mukofoti, Ömon Sultoni esa “Oliy Darajali Döstlik” ordeni bilan taqdirlandi

17-noy, 10:33·Javohir Qadamov

Kun tanlovi

#Siyosat

Bog‘cha opadan agronomgacha. O‘zbekiston xalqining taqdirini kimlar hal qilyapti?

O‘zbekiston Senatidagi 60 nafar vakilning mutaxassisligi tahlil qilinib, mamlakat qonunchiligiga ta’sir ko‘rsatayotgan qatlamning kasbiy tarkibi o‘rganildi.

27-noy, 17:17·Abdurahmon Ergashev
#Siyosat

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligiga yangi direktor tayinlandi

23-noy, 10:37·Abdurahmon Ergashev
#Siyosat

Turkmaniston bilan 3 kunlik vizasiz rejim joriy etilishi mumkin

19-noy, 13:00·Javohir Qadamov

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

Erlar gimnaziyasidan yuridik universitetgacha. Bir bino tarixi

20-noy, 17:34·Muhammadqodir Sobirov
#O‘zbekiston

Abu Muslim taxallusi bilan tanilgan bloger Adham Atajanov vafot etdi

19-noy, 14:58·Javohir Qadamov
#O‘zbekiston

Bo‘ston tumani hokimi fuqarolarni oyog‘iga bahila kiydirib qabul qildi

27-noy, 17:00·Abdurahmon Ergashev
#O‘zbekiston

O‘zbekistonliklar ixcham to‘yni xohlamoqda – Mahallalar uyushmasi. Amalda qanday?

21-noy, 13:19·Javohir Qadamov
#O‘zbekiston

Sayyid Abdulaziz Yusupov konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish va tuhmatda ayblanib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi

20-noy, 16:59·Abdurahmon Ergashev
#Sport

Sindorov — Gukesh: jahon toji uchun match formati, taqvimi va boshlanish vaqti

23-noy, 17:54·Javohir Qadamov
Yana koʻrsatish

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot#Foydali

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

© 2026 Portal24. Barcha huquqlar himoyalangan.

Sayt materiallaridan foydalanilganda portal24.uz saytiga havola berish majburiy.