Saida Mirziyoyeva Kanada elchisi bilan viza tartibini yengillashtirish masalasini muhokama qildi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi Kristofer Daggan bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining telegram kanalida xabar berdi.
Muloqotda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo va investitsiya aloqalarini kengaytirish, ishbilarmonlik hamda ta’lim sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, viza tartiblarini yengillashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Saida Mirziyoyeva qo‘shma tashabbuslar O‘zbekiston va Kanada o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqib, ikki mamlakat aholisi uchun qo‘shimcha imkoniyat va qulayliklar yaratishiga ishonch bildirdi.
- #Saida Mirziyoyeva
- #Kristofer Daggan








