Toshkentda 16 qavatli uydagi gaz portlashi oqibatida 2 kishi jarohatlandi

Kecha, 20-iyul kuni soat 13:13 da Toshkent shahrining Yangihayot tumani Navro‘z ko‘chasidagi 16 qavatli uyning 8-qavatida joylashgan xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi.
Olib borilgan surishtiruvlar davomida xonadon oshxonasida havo-gaz aralashmasining chaqnashi yuz bergani aniqlangan. Oqibatda uyda yashovchi ikki nafar fuqaro yengil tan jarohati olgan. Hozirda ularning ahvoli qoniqarli bo‘lib, shifokorlar nazoratida qolmoqda.
Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaga nosoz gaz qurilmalaridan foydalanish sabab bo‘lgan.






