Toshkentda Onix bilan to‘qnashuvda halok bo‘lgan YPX xodimining shaxsi ma’lum qilindi

Kecha 16-iyul kuni Toshkent shahrida 3 nafar YPX inspektori patrullik mototsikllari Onix bilan to‘qnashib ketgan edi. Voqeada halok bo‘lgan xodim Ozodbek Qo‘ldoshaliyev Madiyorjon o‘g‘li ekani ma’lum bo‘ldi.
U YPX brigadasi Maxsus batalyoni moto guruhi komandiri, leytenant bo'lgan. Qo‘ldoshaliyev xizmat vazifasini bajarish vaqtida fojiali yo‘l-transport hodisasi oqibatida 29 yoshida vafot etdi.
Janoza marosimi bugun, 17-iyul kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadi.
Portal24.uz nashri marhumning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Eslatib o‘tamiz, Onix yo‘lni tartibga solib turgan xodimlar ishorasidan so‘ng harakatlanib ketayotganida uchta mototsikl bilan to‘qnashgan.
To‘qnashuv oqibatida avtomobil yo‘lning qarama-qarshi tomoniga uchib o‘tib, boshqa ikkita mashinaga borib urilgan.






