Yangiliklar arxivi

#Siyosat

“Oʻzmetkombinat” Xitoy holdingi bilan 26 mamlakatga yoʻl ochmoqchi

"Oʻzmetkombinat" AJ boshqaruv raisi Bahodir Abdullayev boshchiligidagi delegatsiya Xitoyda Jiangsu SOHO Holdings Group rahbari Ding Hai bilan muzokara oʻtkazdi. Uchrashuvda eksportni kengaytirish, yangi bozorlarga chiqish, logistika va qoʻshma investitsiya loyihalari muhokama qilindi. SOHO Holdings 26 ta xalqaro temir yoʻl yoʻnalishi orqali 26 mamlakatdagi qariyb 80 ta stansiyani bogʻlab, "Oʻzmetkombinat" uchun yangi eksport va logistika imkoniyatlarini ochishi mumkin.

#Jamiyat

YPX mashinasini urib qochmoqchi bo‘lgan Nexia haydovchisi ushlandi

Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida IIB xodimlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmay, patrul avtomashinasini urib qochishga uringan haydovchi qo‘lga olindi. Holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv olib borilmoqda.

#Jamiyat

Migratsiya agentligi 7 oyda qiyin ahvolda qolgan 1 306 nafar fuqaroni vatanga qaytardi

Migratsiya agentligi joriy yilning 7 oyida xorijda murakkab vaziyatga tushib qolgan 2 888 nafar vatandoshni O‘zbekistonga olib keldi. Ularni Vatanga qaytarish bilan bog‘liq xarajatlarga Migratsiya jamg‘armasidan jami 9 mlrd 936 mln so‘m sarflandi. Shundan 1 306 nafari murakkab moliyaviy ahvolda qolgan fuqarolardir.