Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Siyosat

Xitoyni global iqtisodiy qudratga aylantirgan “temir mushtli” bosh vazir 97 yoshida vafot etdi

13-avg, 12:18
Sinxua agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy iqtisodiyotida tub burilish yasagan Chju Rongji chorshanba kuni xastalik sabab hayotdan ko‘z yumdi. Zamonaviy Xi…

Sinxua agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy iqtisodiyotida tub burilish yasagan Chju Rongji chorshanba kuni xastalik sabab hayotdan ko‘z yumdi. Zamonaviy Xitoy iqtisodiy mo‘jizasining bosh me’mori va XXR tarixidagi eng qat’iyatli rahbarlardan biri hisoblangan Chju Rongji mamlakatni yopiq hamda samarasiz sotsialistik tizimdan global bozor iqtisodiyotiga olib chiqqan.

Uning hayoti va siyosiy yo‘li murakkab sinovlarga boy kechgan. Tsinghua universitetini elektrotexnika yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan Chju Rongji Mao Szedun davrida e’lon qilingan siyosatni ochiq tanqid qilgani uchun Kommunistik partiyadan chiqarilgan va 20 yilga yaqin vaqt davomida og‘ir jismoniy mehnat lagerlarida saqlangan.

Faqat 1978-yilda to‘liq oqlanib, partiyaga qayta qabul qilingan. Keyinchalik Shanxay meri sifatidagi samarali faoliyati va Tyananmen voqealari paytida harbiy kuch ishlatmasdan tinchlikni saqlab qolgani uning siyosiy obro‘yini keskin oshirdi.

1990-yillar boshida Bosh vazir o‘rinbosari va Markaziy bank raisi sifatida u Xitoyda 24 foizdan oshib ketgan inflyatsiyani iqtisodiy inqirozga yo‘l qo‘ymagan holda jilovlashga erishdi. Uning Bosh vazirligi davridagi eng muhim va burilish yasagan voqea 2001-yilda Xitoyning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi bo‘ldi. Bu hodisa mamlakatga xalqaro investitsiyalar oqimining keskin oshishiga va Xitoyning dunyo iqtisodiy qudratiga aylanishiga zamin yaratdi.

Chju Rongji korrupsiyaga va samarasiz davlat korxonalariga qarshi keskin, murosasiz choralari sabab “temir mushtli bosh vazir” laqabini olgan edi. U samarasiz ishlayotgan minglab davlat zavodlarini yopib, 40 milliondan ortiq ishchini bo‘shatish va Xitoy armiyasiga har qanday tijorat biznesi bilan shug‘ullanishni taqiqlash kabi og‘ir va nojo‘ya qarorlarni qabul qilishdan qochmadi.

Uning “Menga 100 ta tobut tayyorlab qo‘ying, 99 tasi korrupsionerlarga, bittasi esa o‘zim uchun” degan mashhur iborasi va ayovsiz islohotlari Xitoyni jahonning yetakchi iqtisodiyotiga aylantirgan eng muhim omillardan biriga aylandi.

AQSh sobiq davlat kotibi Genri Kissinjer uni zamonaviy tarixdagi eng muhim islohotlarni amalga oshirgan buyuk davlat arbobi sifatida baholagan edi.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22

Kun tanlovi

“Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” – Eron TIV
#Siyosat

“Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” – Eron TIV

28-okt, 14:08
Xalq demokratik partiyasining “Munozara maydoni” klubida oilaviy ajrimlar hamda farzand ta’minotidan bo‘yin tovlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
#Siyosat

Aliment to‘lamay yurganlarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirish taklif qilindi

26-okt, 18:34
Braziliyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining ikkinchi turida amaldagi davlat rahbari Luis Inasiu Lula da Silva g‘alaba qozondi.
#Siyosat

Lula da Silva Braziliyadagi saylovda g‘olib chiqib, to‘rtinchi bor prezident bo‘ldi

26-okt, 12:27

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22
Yana koʻrsatish