Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Jamiyat

“Termizdan Toshkentga borgungacha odamlar kasal bo‘lib qolyapti”. Surxondaryo hokimi viloyatdagi transport tizimini tanqid qildi

12-avg, 17:13
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov viloyatni Toshkent bilan bog‘lovchi M39 avtomobil yo‘li, temiryo‘l hamda Sariosiyoga qatnovchi shahar atrofi poy…

Hokim Termiz–Sariosiyo poyezdlaridagi sharoitni tanqid qildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov viloyatni Toshkent bilan bog‘lovchi M39 avtomobil yo‘li, temiryo‘l hamda Sariosiyoga qatnovchi shahar atrofi poyezdlaridagi sharoitlarni tanqid qildi.

Hokimning ta’kidlashicha, M39 yo‘lining Boysundan keyingi qismi yaroqsiz holatga kelib qolgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lning holati taksi va avtobus haydovchilariga ham jiddiy qiyinchilik tug‘dirmoqda.

Shuningdek, temiryo‘l transportidagi sharoitlar ham tanqid qilindi. Vagonlarda sovutish tizimi ishlamasligi, yo‘lovchilar uchun yetarli sharoit yaratilmagani, chiptalar va vokzallardagi xizmatlar bilan bog‘liq muammolar borligi qayd etildi.

Sariosiyoga qatnovchi shahar atrofi poyezdlaridagi vaziyat haqida gapirar ekan, hokim mas’ul tashkilotlar faoliyati va nazoratning sustligini tanqid qildi:

“Sariosiyoga qatnaydigan Termizdan shahar atrofi poyezdlarida odam tashib bo‘lmaydi. Transport prokurori — tomoshabin. Mansabdor odam obro‘ni mehnat bilan oladi. Umuman sharoit yo‘q. Qanaqa qilib yurib, odam tashiyapsan? Odam tashiyapsanmi? Pulini olyapsanmi, tekinmi? Nimaga transport prokurori tomoshabin? Nima uchun qonun ustuvorligi ta’minlanmadi? Nima uchun chora ko‘rilmaydi? Transport boshqarmasi qayerga qaraydi?”

U biletlar narxini tahlil qilish, sotuv jarayonini shaffoflashtirish hamda yo‘lovchilarga munosib xizmat ko‘rsatishni ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.Hokim aviabiletlar narxi ikki barobarga oshganini aytib, bu borada monopoliyaga qarshi vakolatli tashkilot faoliyatini tanqid qildi.

“Aviabiletlar umuman sharmandalik. Narxi ikki barobar bo‘lib ketgan. Monopoliya degan tashkilot — tomoshabin. Qanday borsa, kim oladi buni, odam? Bu biletning narxiga qarab bo‘lmaydi. Umuman tanish-bilishsiz bilet olib bo‘lmaydi”, — dedi hokim.

Shuningdek, u temiryo‘l vagonlaridagi sharoitlarni qisqa muddatda yaxshilashni talab qildi. Xususan, Sariosiyoga va Toshkentga qatnovchi poyezdlarni to‘liq jihozlash, yo‘lovchilar uchun zarur sharoitlarni yaratish hamda biletlar narxini qayta ko‘rib chiqish topshirildi.

“Bir hafta ichida shahar atrofi poyezdda, Toshkentga qatnaydigan poyezdda ham to‘liq jihozlaysiz. Odam minadigan sharoit qilib, hamma nima talab bo‘lgan bo‘lsa, qilinishi shart. Biletni ham Monopoliya to‘liq tahlil qilib chiqsin. Kompaniya necha pul odamlarga ustama qo‘yib o‘tiribdi?” — dedi Qosimov.

Hokim yo‘lovchilar, xususan, talabalar va keksa fuqarolar issiq va dim vagonlarda qiynalayotganini qayd etdi. Vokzallardagi sanitariya holati, kutish zallari va boshqa infratuzilmani ham tanqid qilib, mas’ullarni keskin choralar ko‘rishga chaqirdi.

“Odamlarimizga rahmat, indamay shu yo‘lda ketib boryapti. Studentlar, qari odamlar... Nafas olib bo‘lmaydi uning ichida. Bu prokuror chiqadimi uning ichiga? Yuragi ko‘tariladi. Operativ xodimlaring qayerga qarayapti? Buning SES degan tashkiloti bormi o‘zi? Qayerga qaraydi ular? Keskin chora ko‘rasiz”, — dedi hokim.

Qosimov kelasi hafta vokzal va poyezdlarni shaxsan tekshirishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, Toshkentga qatnovchi tarkib, Sariosiyoga boradigan shahar atrofi poyezdlari, yuk tashish jarayonlari, aeroport va aerovokzallardagi sharoitlar ham nazoratdan o‘tkaziladi.

“Keyingi hafta vokzalga boraman, vagonlarni birma-bir... Toshkentga ketadigan sostavni ham to‘liq tekshirib, hammasini oborot qildirasizlar. Sariosiyoga qatnaydiganini ham, shahar atrofi poyezdni ham. Yuk tashishlarini ham, hammasini nazoratga olasizlar. Aeroportlarni ham, aerovokzallarini ham hojatxonasidan tortib, hammasiga tushib ko‘rish kerak”, — dedi u.

Hokim, shuningdek, bilet sotuvini shaffoflashtirish zarurligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lovchilarga biletlar va ularning narxlari haqida onlayn, ochiq ma’lumot berilishi, tanish-bilish orqali bilet olish holatlariga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.

“Hech kim bepul tashiyotgani yo‘q. Bepul ketyaptimi bironta odam? Pulga-mi? Bilet sotib olyaptimi? E, xizmat qilish kerak unda! Mana, monopoliya to‘liq biletlarni joy-joyiga tushirishi kerak. Odamlarga onlayn, shaffof e’lon qilish kerak. Ikkita kassir xohlagan ishini qilishi kerak emas. Tanishi bor biletni olishi kerak emas. O‘n so‘mlik biletni yigirma besh so‘mga sotyapti. Aldab, sun’iy to‘siqlar bilan”, — dedi Qosimov.

Hokim bayram arafasida transport infratuzilmasi va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tartibga keltirish, vagonlar hamda vokzallarda yo‘lovchilar uchun munosib sharoit yaratish bo‘yicha ham topshiriq berdi.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27
Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi
#Jamiyat

Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi

27-okt, 16:52
Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi
#O‘zbekiston

Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi

27-okt, 16:31
Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi
#Dunyo

Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi

27-okt, 16:25
“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19

Kun tanlovi

Toshkentdagi “Parkwood” majmuasi yaqinidagi transformator punktida yuz bergan yong‘inda elektr xodimi kuyib jarohatlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodi…
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

Toshkentdagi “Parkwood” majmuasi yaqinidagi transformator punktida yuz bergan yong‘inda elektr xodimi kuyib jarohatlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa ta’mirlash vaqtida fazalararo qisqa tutashuv sabab yuz bergan, transformator punkti va xodim “Hududiy elektr tarmoqlari” balansiga tegishli emas.

27-okt, 17:27
Shahrisabz tumanida “VAZ-2105” rusumli avtomobil yo‘l chetidagi daraxtga urilishi oqibatida 2006-yilda tug‘ilgan haydovchi shifoxonada vafot etdi. Holat yuza…
#Jamiyat

Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi

27-okt, 16:52
2026-yil 24-oktyabrga o‘tar kechasi Uchtepa tumanidagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi. Uyda yashagan 26 yoshli ayol jasadi topilgan, hodisa yuzasidan qasddan…
#Jamiyat

Uchtepadagi 26 yoshli ayol o‘ldirilib, uyi yoqib yuborilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat berildi

27-okt, 15:12

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27
#Jamiyat

Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi

27-okt, 16:52
#O‘zbekiston

Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi

27-okt, 16:31
#Dunyo

Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi

27-okt, 16:25
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19
Yana koʻrsatish