Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Dunyo

Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi

27-okt, 16:25
Bir piyola choy, o‘rtaga tortilgan non va bemalol suhbat — oddiy kundalik holatdek tuyuladi. Ammo olimlarning izlanishlari bunday uchrashuvlar kayfiyatimiz, …

Bir piyola choy, o‘rtaga tortilgan non va bemalol suhbat — oddiy kundalik holatdek tuyuladi. Ammo olimlarning izlanishlari bunday uchrashuvlar kayfiyatimiz, ijtimoiy aloqalarimiz va hatto miya salomatligimiz uchun ham foydali bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Demak, yaqinlar bilan bir dasturxon atrofida jam bo‘lish nafaqat yoqimli odat, balki farovon hayotning muhim qismlaridan biri hamdir.

Olimlar ovqatni boshqalar bilan bo‘lishish odamlar orasida yaqinlik va ishonch paydo bo‘lishiga yordam berishini aytadi. Birga ovqatlanish vaqtida odamlar shunchaki taom tanovul qilmaydi: suhbatlashadi, yangilik almashadi, bir-birini tinglaydi. Ana shu kichik muloqotlar kundalik hayotdagi yolg‘izlik hissini kamaytirib, insonlar o‘rtasidagi rishtalarni mustahkamlashi mumkin.

Xitoyda o‘tkazilgan tadqiqotda 60 yoshdan oshgan 9 361 nafar ayolning ovqatlanish odatlari o‘rganilgan. Natijalar ovqatlanish paytida inson bilan birga bo‘ladigan odamlar soni va depressiya xavfi o‘rtasida bog‘liqlik borligini ko‘rsatgan. Tadqiqotchilar salomatlik, daromad va yolg‘iz yashash kabi boshqa omillarni ham hisobga olganida, bu bog‘liqlik saqlanib qolgan.

Tokioda o‘tkazilgan yana bir tadqiqotda esa oilasi bilan yashaydigan, biroq ovqatni ko‘pincha yolg‘iz yeydigan 65–74 yoshli insonlar kuzatilgan. Ularning depressiv alomatlarga duch kelish ehtimoli muntazam ravishda boshqalar bilan ovqatlanadigan tengdoshlariga qaraganda besh baravar yuqori bo‘lgan.

Bu natijalar birga ovqatlanishning o‘zi depressiyani davolaydi, degani emas. Ammo yaqinlar bilan muloqot qilish, e’tibor va qo‘llab-quvvatlashni his etish insonning ruhiy holatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini anglatadi.

150 ming kishidan so‘ralgan ikki savol

Jahon baxt hisobotini tayyorlashda ishtirok etgan Gallup tadqiqotchilari 2024-yilda dunyo bo‘ylab qariyb 150 ming kishiga so‘nggi yetti kunda tanishlari bilan necha marta tushlik va kechki ovqat qilganini so‘radi.

Natijalar e’tiborga molik bo‘ldi: boshqalar bilan ko‘proq ovqatlangan odamlarning hissiy farovonlik ko‘rsatkichlari ham yuqoriroq chiqqan. Hisobot hammualliflaridan biri De Neve bu bog‘liqlikni ish bilan bandlik yoki daromad darajasi bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar kabi kuchli deb baholaydi.

Albatta, birga ovqatlanadigan odamning kayfiyati yaxshi bo‘lishiga boshqa omillar ham ta’sir qilishi mumkin. Shunga qaramay, turli mamlakatlar va guruhlarda o‘tkazilgan izlanishlarda o‘xshash natijalar qayd etilishi bu odatning ahamiyatini ko‘rsatadi.

Boshqalar bilan birga bo‘lish taomning ta’mini ham o‘zgartirishi mumkin. Pensilvaniya universiteti boshqa birov bilan birga yegan shokoladni yolg‘iz iste’mol qilgan shokoladga qaraganda mazaliroq deb aniqlagan.

Miya salomatligi uchun ham foydasi bo‘lishi mumkin

Birga ovqatlanishning ta’siri kayfiyat bilan cheklanmasligi mumkin. 2025-yilda yapon tadqiqotchilari muntazam ravishda yolg‘iz ovqatlanadigan odamlarda xotira va boshqa kognitiv vazifalar bilan bog‘liq ayrim miya qismlarining hajmi kichikroq ekanini aniqlagan.

Olimlarning taxminicha, birga ovqatlanish paytidagi suhbatlar miyaga aqliy rag‘bat beradi. Boshqa tomondan, yaqinlar bilan birga bo‘lish va qo‘llab-quvvatlanayotganini his etish stressni kamaytirishi mumkin. Stress esa asab tizimi faoliyatiga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan omillardan biridir.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

Shahrisabzda VAZ-2105 daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi
#Jamiyat

Shahrisabzda VAZ-2105 daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi

27-okt, 16:52
Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi
#O‘zbekiston

Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi

27-okt, 16:31
“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19
Uchtepadagi 26 yoshli ayol o‘ldirilib, uyi yoqib yuborilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat berildi
#Jamiyat

Uchtepadagi 26 yoshli ayol o‘ldirilib, uyi yoqib yuborilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat berildi

27-okt, 15:12
Saraton belgilarini 16 oy avval sezadigan sun'iy intellekt yaratildi
#Dunyo

Saraton belgilarini 16 oy avval sezadigan sun'iy intellekt yaratildi

27-okt, 14:54
O‘zbekistonlik olima Butunjahon fanlar akademiyasi vitse-prezidenti etib saylandi
#O‘zbekiston

O‘zbekistonlik olima Butunjahon fanlar akademiyasi vitse-prezidenti etib saylandi

27-okt, 14:18

Kun tanlovi

Bir piyola choy, o‘rtaga tortilgan non va bemalol suhbat — oddiy kundalik holatdek tuyuladi. Birga ovqatlanish nafaqat yaqinlar bilan munosabatni mustahkamla…
#Dunyo

Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi

Bir piyola choy, o‘rtaga tortilgan non va bemalol suhbat — oddiy kundalik holatdek tuyuladi. Birga ovqatlanish nafaqat yaqinlar bilan munosabatni mustahkamlaydi, balki ruhiy farovonlik va miya salomatligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotlarda boshqalar bilan tez-tez dasturxon atrofida jam bo‘ladigan odamlarda depressiv alomatlar kamroq uchrashi, kayfiyat va hayotdan qoniqish esa yuqoriroq bo‘lishi aniqlangan.

27-okt, 16:25
Tadqiqotchilar ishlab chiqqan REDMOD sun’iy intellekt tizimi kompyuter tomografiyasi tasvirlarida oshqozon osti bezi saratonining yashirin belgilarini klinik…
#Dunyo

Saraton belgilarini 16 oy avval sezadigan sun'iy intellekt yaratildi

27-okt, 14:54
Netanyahu davri tugaydimi? Isroil parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
#Dunyo

Netanyahu davri tugaydimi? Isroil parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

27-okt, 12:36

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Shahrisabzda VAZ-2105 daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi

27-okt, 16:52
#O‘zbekiston

Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi

27-okt, 16:31
#Dunyo

Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi

27-okt, 16:25
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19
#Jamiyat

Uchtepadagi 26 yoshli ayol o‘ldirilib, uyi yoqib yuborilgani haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat berildi

27-okt, 15:12
#Dunyo

Saraton belgilarini 16 oy avval sezadigan sun'iy intellekt yaratildi

27-okt, 14:54
Yana koʻrsatish