Falastinga tinchlik qaytadimi? Isroilda parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

Isroil va mintaqa hayotini keskin oʻzgartirib yuborgan HAMASning 7-oktyabrdagi hujumidan uch yil oʻtib, 27-oktabr kuni Isroilda parlament saylovlari oʻtkazilmoqda. Koʻpchilik ushbu saylovni mamlakat tarixidagi eng muhim saylov deb atayapti. Bu saylov nafaqat Binyamin Netanyahu va uning raqiblarining siyosiy kelajagini belgilaydi, balki oxirgi voqealardan soʻng Isroil jamiyati aynan nima xohlayotganini ham yaqqol koʻrsatadi.
Isroil parlamenti – Knessetdagi 120 oʻrin uchun 37 ta partiya kurashmoqda. Ulardan atigi 11 tasi 3,25 foizlik saylov toʻsigʻidan (partiya eng kamida shuncha foiz ovoz toʻplashi kerak) oʻtib, parlamentga kirishi kutilyapti. Parlamentda koʻpchilikni tashkil qilib, bosh vazirlikka oʻz nomzodini ilgari surish uchun partiyalar (yoxud partiyalar koalitsiyasi) 61 oʻrinni egallashi lozim.

Netanyahu va Tramp g‘oyaviy hamkorlik hisoblanadi, AQSH Prezidenti Oq Uyga qaytgandan beri Netanyahu qo‘llab keladi
Isroil parlament respublikasi boʻlib, mamlakat hayotiga oid asosiy qarorlarni Bosh vazir qabul qiladi.
Rasman, saylov toʻsigʻidan oʻtgan har qanday partiya yetakchisi Bosh vazir boʻlishi mumkin. Buning uchun u Knesset deputatlarining koʻpchiligini birlashtiradigan koalitsiya tuzishi kerak. Shunday boʻlsa-da, hukumat tuzishga birinchi urinish huquqi odatda eng koʻp oʻrin qoʻlga kiritgan partiya yetakchisiga beriladi. Agar u koalitsiya tuza olmasa, boshqalar harakat qiladi.
Netanyahu boshliq oʻng partiyalar koalitsiyasi Isroilni qisqa uzilish bilan 16 yildan beri boshqarib kelmoqda. Ushbu saylovlarda ham ularning imkoniyati yuqori baholanmoqda. Netanyahuga asosiy raqib sifatida Gadi Ayzenkor koʻrilyapti.
Ayzenkot 2015-2019-yillarda Isroil armiyasi bosh shtabi boshligʻi lavozimida ishlagan. Bu unga xavfsizlik sohasidagi ishonchli nomzod statusini beradi. Chunki aynan u Isroilning mudofaa sohasiga rahbarlik qilgan va HAMAS’ning kutilmagan hujumi u ishdan ketgandan keyin sodir boʻlgan.
Gadi Ayzenkotning o‘g‘li 2023-yil urushda halok bo‘lgan
Hozirda Netanyahuga qarshi kuchlarning deyarli bari Ayzenkot atrofida birlashmoqda. Ekspertlar uning “Yashar” (Olgʻa) partiyasi Knessetda eng koʻp – 23 oʻrinni qoʻlga kiritishini taxmin qilyapti. Biroq 61 oʻrinlik parlament koʻpchiligini qoʻlga kiritish uchun bu yetarli emas va Ayzenkot boshqa partiyalar bilan koalitsiya tuzishiga toʻgʻri keladi.
Ayzenkot Netanyahu kabi mustaqil Falastin davlati tuzish gʻoyasini qoʻllamasligini aytayotgan boʻlsa-da, u Gʻarbiy sohildagi yahudiy koʻchmanchilarining zoʻravonligiga chek qoʻyishga va bu yerda qonunlar muntazam ishlashiga vaʼda bermoqda. Shuningdek, mutaxassislar, Ayzenkot boshliq soʻllar gʻalaba qozongan taqdirda Isroil Gʻazo boʻyicha muzokaralarga qaytishi va dunyo hamjamiyati bilan muloqotni tiklashini taʼkidlamoqda.
Hozircha saylovlar davom etyapti va yuqori davomat (yavka) qayd etilyapti.








