Yangiliklar arxivi

#Siyosat

AQSH Suriyani terrorizm homiylari ro‘yxatidan chiqardi

Vashington 1979-yildan buyon amal qilib kelgan cheklovlarni rasman bekor qildi. Bu qaror Bashar Asad rejimi ag‘darilganidan so‘ng mamlakat iqtisodiyotini tiklash va xalqaro moliya tizimiga qaytarishdagi eng so‘nggi yirik g‘ovni olib tashladi.

#O‘zbekiston

O‘zbekistonning davlat qarzi $48,3 mlrdga yetdi

2026-yilning ikkinchi choragi yakunida O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarga yetdi. Yil boshidan buyon qarz 1,33 mlrd dollarga oshgan, uning 84 foizini tashqi qarz tashkil etmoqda.

#Jamiyat

O‘zbekistonda har ming kishiga 129 ta mashina to‘g‘ri kelmoqda

Mamlakatda fuqarolarga tegishli avtotransport vositalari soni 5 millionga yaqinlashgan bo‘lsa-da, aholini avtomobil bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha O‘zbekiston qo‘shni davlatlar va dunyo ko‘rsatkichlaridan sezilarli darajada ortda qolmoqda.

#O‘zbekiston

O‘zbekistonda xorijiy OTMlar soni 10 yilda 4,3 barobarga oshdi

O‘zbekistonda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari soni so‘nggi 10 yilda 7 tadan 30 taga yetdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshida mamlakatda 30 ta xorijiy OTM faoliyat yuritgan.

#Jamiyat

Ilhom Aliyev va Mehribon Aliyeva buxoroga bordi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va rafiqasi Mehribon Aliyeva Buxoroga tashrif buyurdi. Ularni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ziroat Mirziyoyeva kutib oldi. Tashrif doirasida ular Ismoil Somoniy maqbarasini ziyorat qildi.

#Jamiyat

Afsonaviy qilichboz Sobirjon Ruziyev 74 yoshda vafot etdi

Sobirjon Ruziyev Olimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi va uch karra jahon chempioni bo‘lgan. U umrini O‘zbekistonda jismoniy tarbiya, Olimpiya harakati va qilichbozlik sportini rivojlantirishga bag‘ishlagan.

#Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Trampga ayvon sovg‘a qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampga an’anaviy o‘zbek ayvonlarini sovg‘a qildi. Vashingtondagi G‘arbiy Potomak bog‘i hududiga olib kelingan ayvonlar kuz oylarining oxiridan tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘lishi kutilmoqda.