
Omskdagi qurilishda yong‘in oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Ulardan biri O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqdi
Vafot etganlarning barchasi markaziy osiyoliklar ekani ma’lum bo‘ldi. O‘zbekistonlik 23 yoshli yigitni qutqarish uchun maxsus samolyotda shifoxonaga eltishgan, ammo uni saqlab qolishning iloji bo‘lmagan. Yong‘in payvandlash vaqtida penoplekt izolyatsiyasi yonib ketishidan kelib chiqqani aytilmoqda.


















