Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#O‘zbekiston

Prezident vazirlar, hokimlar va Allamjonovni ham davlat mukofotlari bilan taqdirladi

23-avg, 01:41
Prezident farmoniga binoan, taqdirlanganlar safidan vazirlar, hududlar hokimlari, tadbirkorlar, konchilar, uchuvchilar hamda yoshlar yetakchilari o‘rin olgan…

Prezident farmoniga binoan, taqdirlanganlar safidan vazirlar, hududlar hokimlari, tadbirkorlar, konchilar, uchuvchilar hamda yoshlar yetakchilari o‘rin olgan. Xususan, Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov, Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozarov, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov va Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan siylandi.

Davlat boshqaruvi va diplomatiya sohasidagi xizmatlari uchun bir qator mas’ul shaxslar “Do‘stlik” ordeniga loyiq ko‘rilgan. Ular orasida Prezident Administratsiyasi Rahbarining o‘rinbosari Tamila Aliyeva, Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov, Administratsiyaning AQSHdagi vakili Komil Allamjonov, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov hamda “O‘zavtosanoat” raisi Ulug‘bek Ro‘ziqulov bor.

Shuningdek, ko‘plab ishlab chiqarish korxonalari va hududiy boshqaruv xodimlari “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.

Mukofotlar sirasida ishlab chiqarish va geologiya fidoyilariga berilgan faxriy unvonlar ham alohida o‘rin egallaydi. Jumladan, NKMK Markaziy kon boshqarmasi direktori Otabek Mustakimov hamda “O‘zmetkombinat” po‘lat erituvchisi G‘ulomjon Turanovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi” unvoni topshirildi.

Shuningdek, qurilish, transport, aviatsiya hamda irrigatsiya yo‘nalishida mehnat qilayotgan soha mutaxassislari “Sodiq xizmatlari uchun”, “Jasorat” va “Shuhrat” medallari bilan mukofotlandi.

Aholi bilan yaqindan muloqot qilish tizimini samarali yo‘lga qo‘yganligi hamda hududlarda tadbirkorlik va mahallabay ishlash tajribasini faollashtirgani uchun Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov hamda Koson tumani hokimi Asrol Boykarayev “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.

Tumanlar kesimida esa G‘allaorol tumani hokimi Jalolitdin Okboyev II darajali “Shon-sharaf”, Chust tumani hokimi Baxtiyorjon Salimjonov “Do‘stlik” hamda Jondor tumani hokimi Jamshid Xudoyev “Mardlik” ordeni bilan siylandi.

Xususan, oilalarda sog‘lom muhitni qaror toptirishdagi xizmatlari uchun Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Dinora Yakubova I darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordenini qo‘lga kiritgan. Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Kobilov “Do‘stlik”, Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Alisher Amirov esa “Mardlik” ordeniga sazovor bo‘ldi.

Poytaxt ma’muriyatida uzoq yillar samarali faoliyat yuritib kelayotgan Toshkent shahar hokimining maslahatchisi Abduqahhor To‘xtayevga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni loyiq ko‘rilgan.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27
Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi
#Jamiyat

Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi

27-okt, 16:52
Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi
#O‘zbekiston

Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi

27-okt, 16:31
Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi
#Dunyo

Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi

27-okt, 16:25
“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19

Kun tanlovi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 58 ta savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasida o‘tkazilgan aksiyalarni tekshir…
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi 58 ta savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasida o‘tkazilgan aksiyalarni tekshirib, 65 ta muammo va kamchilikni aniqladi.

27-okt, 18:03
O‘zbekiston fuqarolari 2027-yilning 1-martiga qadar Misrga mavjud tartib asosida erkin safar qilishlari mumkin bo‘ladi.
#O‘zbekiston

Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi

27-okt, 16:31
O‘zbekistonda “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalaridan zaharlanib, vafot etgan hamda nogiron bo‘lib qolgan bolalarning oilalariga sud qarori bilan belgi…
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27
#Jamiyat

Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi

27-okt, 16:52
#O‘zbekiston

Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi

27-okt, 16:31
#Dunyo

Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi

27-okt, 16:25
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19
Yana koʻrsatish