Yangiliklar arxivi

#Jamiyat

O‘zbekistonga benzin importi keskin oshdi

O‘zbekiston 2026-yilning yanvar-iyul oylarida xorijdan 710 ming tonna benzin sotib oldi. Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 248,3 ming tonnaga ko‘paygan.

#Siyosat

Prezident 15 daqiqada bosib o‘tiladigan “Urganch – Xiva” pullik avtomobil yo‘lini sinab ko‘rdi

Yangi magistral Urganch aeroporti va Xivani bog‘laydi. 35 kilometr uzunlikdagi to‘rt tasmali yo‘lda Urganchdan Xivaga yetib borish vaqti 45–50 daqiqadan 15–17 daqiqagacha qisqaradi. Yo‘l sutkasiga 30 mingdan ortiq avtomobilni o‘tkazadi. Transport oqimi va to‘lovlarni boshqarish sun’iy intellektga asoslangan raqamli tizimlar orqali amalga oshirilib, avtomobillar yo‘lda to‘xtamasdan elektron shaklda to‘lov qiladi.

#Siyosat

O‘zbekistonda AES qurishi kerak bo‘lgan “Rosatom”ning Misrdagi $30 mlrdlik loyihasida maxfiy mojaro fosh bo‘ldi

Rossiyaning “Rosatom” korporatsiyasi tomonidan Misrda barpo etilayotgan “El-Dabaa” atom elektr stansiyasi qurilishida yadro xavfsizligi buzilgani, beton konstruksiyalarda nuqsonlar aniqlangani va xodimlarning intizomsizligi ma’lum bo‘ldi. “Politico” nashri qo‘lga kiritgan maxfiy hujjatlarga ko‘ra, Misr tomoni pudratchini “qasddan beparvolik”da ayblamoqda.