Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Siyosat

Prezident 15 daqiqada bosib o‘tiladigan “Urganch – Xiva” pullik avtomobil yo‘lini sinab ko‘rdi

19-avg, 10:26
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xiva shahrida tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotdan so‘ng yangi “Urganch – Xiva” pullik avtomobil yo‘li b…

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xiva shahrida tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotdan so‘ng yangi “Urganch – Xiva” pullik avtomobil yo‘li bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

35 kilometr uzunlikdagi yangi magistral Urganch xalqaro aeroporti va Xiva shahrini bog‘laydi. Yo‘l aholi va sayyohlar uchun xavfsiz, tezkor va qulay transport qatnovini ta’minlashga mo‘ljallangan.

Mavjud yo‘l orqali Urganchdan Xivaga yetib borish uchun 45–50 daqiqa vaqt ketayotgan bo‘lsa, yangi to‘rt tasmali magistral orqali bu masofani 15–17 daqiqada bosib o‘tish mumkin bo‘ladi. Yo‘lning sutkalik o‘tkazuvchanligi 30 mingdan ortiq transport vositasini tashkil etadi.

Loyiha doirasida 35 kilometr avtomobil yo‘li bilan birga yer osti tunneli, 8 ta yo‘l o‘tkazgich, 15 ta ko‘prik va 106 ta suv o‘tkazish inshooti barpo etilgan.

Yo‘lda transport oqimini boshqarish va to‘lovlarni undirish sun’iy intellektga asoslangan raqamli tizimlar orqali amalga oshiriladi. Yengil va yuk avtomobillari hamda avtobuslardan to‘lov transport vositasini to‘xtatmasdan, elektron shaklda undirilishi ko‘zda tutilgan.

Prezident matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, yo‘l bo‘yida xalqaro standartlarga mos servis va xizmat ko‘rsatish obyektlari ham tashkil etiladi. Magistral qurilishida issiq iqlim sharoitiga chidamli maxsus modifikatsiyalangan bitum aralashmasidan foydalanilgan. Yo‘l qoplamasining umumiy qalinligi 87 santimetrni tashkil etadi.

Yangi tahrirdagi “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonunda pullik avtomobil yo‘llarini tashkil etishning huquqiy asoslari belgilangan. Bunda haydovchilar uchun muqobil bepul yo‘l mavjud bo‘lishi asosiy shart sifatida ko‘rsatilgan.

“Urganch – Xiva” magistrali O‘zbekistondagi pullik avtomobil yo‘llarini rivojlantirish bo‘yicha ilk yirik loyihalardan biri bo‘lib, uning ishga tushirilishi hududdagi transport qatnovini tezlashtirish va Xorazmning turizm infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlandi. Davlat rahbari yangi avtomobil yo‘li orqali Urganch aeroportiga yo‘l olgan va Toshkentga jo‘nab ketgan.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22

Kun tanlovi

“Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” – Eron TIV
#Siyosat

“Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” – Eron TIV

28-okt, 14:08
Xalq demokratik partiyasining “Munozara maydoni” klubida oilaviy ajrimlar hamda farzand ta’minotidan bo‘yin tovlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
#Siyosat

Aliment to‘lamay yurganlarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirish taklif qilindi

26-okt, 18:34
Braziliyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovining ikkinchi turida amaldagi davlat rahbari Luis Inasiu Lula da Silva g‘alaba qozondi.
#Siyosat

Lula da Silva Braziliyadagi saylovda g‘olib chiqib, to‘rtinchi bor prezident bo‘ldi

26-okt, 12:27

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22
Yana koʻrsatish