Toshkent hayvonot bog‘ida sher va jayralarga tosh otgan shaxsga jarima solindi

Toshkent hayvonot bog‘ida tashrif buyuruvchilardan biri sher Aleks va jayralarga tosh otgani ortidan qoidabuzarning shaxsi aniqlandi.
Ichki ishlar organlari profilaktika inspektori qaroriga ko‘ra, qoidabuzarga 2 million 884 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llangan. Voqea avvalroq hayvonot bog‘i ma’muriyati tomonidan jamoatchilikka ma’lum qilingan edi. Unda tashrif buyuruvchilardan biri hayvonlarga nisbatan nomaqbul xatti-harakat sodir etgani, xususan, sher Aleks va jayralarga tosh otgani qayd etilgandi.
Holat yuzasidan tegishli choralar ko‘rilib, qoidabuzarning shaxsi aniqlangan. U sodir etgan xatti-harakati uchun uzr so‘ragan.
Hayvonot bog‘i ma’muriyati voqeaga befarq bo‘lmagan va qoidabuzarning aniqlanishiga yordam bergan barcha fuqarolarga minnatdorchilik bildirdi.
Ma’muriyat hayvonlarga nisbatan har qanday shafqatsiz munosabatga yo‘l qo‘yilmasligini eslatdi.





