
Turkiyada dengizdan o‘zbekistonlik erkakning jasadi topildi
54 yoshli erkakning jasadi ikki kunlik qidiruvlardan keyin topilgan. Hodisa 16-avgust kuni sodir bo‘lgan.

54 yoshli erkakning jasadi ikki kunlik qidiruvlardan keyin topilgan. Hodisa 16-avgust kuni sodir bo‘lgan.

Toshkent shahrida dizayn-kodni joriy etish bo‘yicha yondashuv tadbirkorlarning fikr-mulohazalari va bildirilgan tanqidiy takliflar asosida qayta ko‘rib chiqiladi.

Sobiq Surxondaryo IIB boshlig'i Timur Ismoilov prezidentning tegishli qarori asosida - Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IVV matbuot xizmati xabar berdi.

Scopus xalqaro ilmiy bazasi hamda SciVal platformasining 2021–2026-yillar oralig‘idagi ma’lumotlari asosida O‘zbekistonning eng nufuzli va ilmiy ishlari eng ko‘p iqtibos keltirilgan TOP-10 olimlari ro‘yxati tuzildi.

Rossiya hukumati O‘zbekiston va Turkmaniston bilan hamkorlikda temiryo‘l tarmog‘ini Afg‘oniston hamda Pokiston orqali Hind okeani sohillarigacha uzaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.

20-avgustdan e’tiboran Toshkent shahri osmonida “Avion” laboratoriya havo kemasi yordamida navbatdagi rejali parvoz tekshiruvlari o‘tkazilishi boshlanadi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yirik biznes vakillari bilan yopiq uchrashuvidan so‘ng, mamlakat federal byudjetiga tadbirkorlar tomonidan o‘tkazilgan “ixtiyoriy badallar” miqdori 383,69 milliard rubldan (4,5 milliard dollardan ortiq) oshib ketdi.

2026-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga yarim million tonnadan ortiq shakar import qilindi. Bu mamlakat tarixidagi rekord ko‘rsatkich bo‘lib, o‘tgan yillardagi umumiy yillik hajmga teng keladi.

Hukumatning tegishli qarori bilan sohada yangi va innovatsion xizmatlarni joriy etayotgan eng yaxshi 10 tagacha startap loyihaga har yili 1 milliard so‘mgacha subsidiya berish tartibi belgilandi.

Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti olimlari elektr tarmoqlaridagi texnik yo‘qotishlarni qisqartirish hamda ta’minot barqarorligini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalarni taqdim etdi. Izlanishlar Jizzaxdagi “Chilonzor” podstansiyasida o‘tkazilgan tahlillar va izolyatsiya resursining eskirish darajasi o‘rganilishi asosida tayyorlangan.

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakatning 2030-yilgacha mo‘ljallangan Tashqi siyosat konseptsiyasiga o‘zgartirish kiritib, sobiq prezident Nursulton Nazarboyevning ichki va tashqi siyosat hamda davlat xavfsizligi masalalari bo‘yicha xalqqa murojaat qilishdek umrbod huquqini bekor qildi.

O‘zbekistonda o‘tkazilgan Xalqaro informatika olimpiadasida (IOI 2026) oltin medalni qo‘lga kiritgan isroillik o‘quvchi Yotam Budnik taqdirlash marosimida o‘z mamlakati bayrog‘i bilan sahnaga chiqqani uchun musobaqadan diskvalifikatsiya qilindi hamda rasmiy g‘oliblar ro‘yxatidan o‘chirib tashlangani iddao qilinmoqda.

AQShning Sent-Luis shahrida o‘tkazilgan nufuzli Grand Chess Tour seriyasining hal qiluvchi Sinquefield Cup 2026 turnirida o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov kuchli uchlikdan joy olib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevga kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha yangi takliflar taqdim etildi. Hujjatga ko‘ra, 2030-yilgacha ushbu stansiyalar quvvatini 204,8 megavattga yetkazib, 350 bin xonadonni “yashil” energiya bilan ta’minlash hamda qurilish tartiblarini keskin soddalashtirish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekistonda umumiy inflyatsiya darajasi pasayishda davom etib, 2026-yilning iyul oyida yillik ko‘rsatkich 6,4 foizni tashkil etgan. Narxlarning barqarorlashuviga asosan xizmat ko‘rsatish sohasidagi narxlar o‘sishi keskin sekinlashgani xizmat qilmoqda.

Moskvada yuz bergan oddiy yo‘l-transport hodisasi navbatdagi millatchilik va ksenofobiya mojarosiga aylanib ketdi. YTHga uchragan haydovchi ayol aybini tan olish o‘rniga, ikkinchi haydovchi va uning hamrohini millati hamda tashqi ko‘rinishi sababli ochiqchasiga haqorat qila ketgan.

Hukumatning tegishli qarori bilan O‘zbekistonda aniq yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni aniqlash, ularga vaqtincha boshpanalar ajratish hamda manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yangi ma’muriy reglament tasdiqlandi.

Tojikiston energetika va iqtisodiy tizimining eng yirik obyekti hisoblangan Rog‘un GES qurilishini 2035-yilga qadar to‘liq yakunlash uchun yana qariyb 5,8 milliard dollar mablag‘ talab etiladi. Moliya vazirligi hamda xalqaro moliya institutlari ushbu ulkan xarajatlarni qoplash uchun ko‘p tomonlama moliyalashtirish manbalarini safarbar etmoqda.

AQShning 29 ta shtati Meta kompaniyasini Facebook va Instagram platformalarida bolalar xavfsizligini ta’minlamaslik va ularni qasddan tarmoqqa bog‘lab qo‘yishda ayblamoqda. Kaliforniyada boshlangan ko‘p haftalik sud jarayonida kompaniyadan milliardlab dollar tovon hamda ilovalardagi funksiyalarni tubdan o‘zgartirish talab qilinyapti.

Bektemir tumanidagi MChJ tomonidan noqonuniy barpo etilgan “Husayn Boyqaro” mahallasidagi turar joy majmuasida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq muammo yuzasidan rasmiy izoh berildi. Ruxsat beruvchi hujjatlarsiz qurilgan va 5 qavat o‘rniga 16 qavatgacha ko‘tarilgan ushbu majmuadagi yuzlab oilalar taqdiri xavf ostida qolmoqda.