
O‘zbekistonda AES qurishi kerak bo‘lgan “Rosatom”ning Misrdagi $30 mlrdlik loyihasida maxfiy mojaro fosh bo‘ldi
Rossiyaning “Rosatom” korporatsiyasi tomonidan Misrda barpo etilayotgan “El-Dabaa” atom elektr stansiyasi qurilishida yadro xavfsizligi buzilgani, beton konstruksiyalarda nuqsonlar aniqlangani va xodimlarning intizomsizligi ma’lum bo‘ldi. “Politico” nashri qo‘lga kiritgan maxfiy hujjatlarga ko‘ra, Misr tomoni pudratchini “qasddan beparvolik”da ayblamoqda.


















