Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Dunyo

Peshonasiga avtomat tiralsa ham toliblarga bo‘ysunmagan ayol va uning maxfiy sinflari. Afg‘onistondagi yashirin maktablar qanday ishlamoqda?

17-avg, 16:11
Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyatga qaytganiga besh yil to‘ldi va mamlakat o‘rta hamda oliy ta’lim faqat bir jins vakillari uchun ochiq bo‘lgan dunyodagi yag…

Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyatga qaytganiga besh yil to‘ldi va mamlakat o‘rta hamda oliy ta’lim faqat bir jins vakillari uchun ochiq bo‘lgan dunyodagi yagona davlat bo‘lib qolmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi qizlarning 78 foizi o‘qimaydi va ishlamaydi, 10 yoshli bolalarning 93 foizi esa hattoki oddiy matnni ham o‘qiy olmaydi. Shunga qaramay, 28 yoshli Parasto Hakim boshchiligidagi “Ko‘rinmaslar” yashirin tashkiloti mamlakat bo‘ylab 40 dan ortiq yashirin maktablarni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ularda 2 mingdan ziyod 11-12 yoshdan oshgan qizlar yashirincha ta’lim olmoqda. Darsga otlanayotgan o‘quvchilar toliblar to‘xtatib qolganida shubha uyg‘otmasligi uchun sumkalariga darsliklar o‘rniga Qur’on va tikuvchilik qurollarini solib olishadi.

Maktablar xavfsizlikni ta’minlash va xatarlarni kamaytirish uchun mahalliy aholining roziligi bilan tuman hamda qishloqlardagi kimsasiz bir qavatli hovlilarda tashkil etiladi. Darslar qizlar uydan uzoqqa ketib qolmasligi uchun kuniga ko‘pi bilan 4 soatdan o‘tkaziladi. Toliblar kelib qolgan taqdirda, sinf xonalari zudlik bilan Qur’on o‘qish yoki tikuvchilik to‘garaklariga aylantiriladi. Bir safar toliblar dars paytida eshik qoqib kelganida, butun mahalla ko‘chaga chiqib o‘qituvchini himoya qilgan va toliblarni ortga chekinishga majbur qilgan.

Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyatga qaytganiga besh yil to‘ldi va mamlakat o‘rta hamda oliy ta’lim faqat bir jins vakillari uchun ochiq bo‘lgan dunyodagi yag…

Qizlarga nafaqat maktab fanlari, balki ingliz tili hamda onlayn biznes yuritish ko‘nikmalari o‘rgatilib, xorijiy universitetlarga kirish uchun insholar yozishga koʻmaklashiladi.

“BMT vakillari maslahat berganidek, qizlarimning qo‘y boqib yurishini xohlamayman. Ular XXI asr ayollari kabi yashashini, uy bekasi yoki doya bo‘lishga majburlanmasligini orzu qilaman. Toliblar kabi fikrlamaydigan yangi avlodni tarbiyalash – oldinga harakat qilishning yagona yo‘lidir”, deydi yashirin maktablar tarmog‘i asoschisi Parasto Hakim.

Eski maktablardagi targ‘ibotdan holi bo‘lgan bu yashirin sinflarda o‘quvchilar kelajak uchun kuchli motivatsiya olishmoqda. Masalan, 17 yoshli Bahita ismli o‘quvchi Telegram’dan Pushkin, Tolstoy va Virjiniya Vulf asarlarini yuklab olib o‘qiydi hamda shifokor bo‘lishni orzu qiladi. Biroq, ko‘plab qizlar viza va xalqaro cheklovlar sababli taklifnomalar bo‘lsa ham xorijga chiqib o‘qiy olmaydi. Oqibatda ba’zi o‘quvchilar tushkunlik, kelajakdan qo‘rqish va hatto o‘z joniga qasd qilish fikrlaridan aziyat chekmoqda, o‘qituvchilar esa ularga ruhiy dalda berishga majbur bo‘lishmoqda.

Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyatga qaytganiga besh yil to‘ldi va mamlakat o‘rta hamda oliy ta’lim faqat bir jins vakillari uchun ochiq bo‘lgan dunyodagi yag…

Tarmoq asoschisi Parasto Hakimning o‘zi ham ilgari toliblar tomonidan ko‘chada to‘xtatilib, kiyimi sababli tiz cho‘ktirilgan va peshonasiga avtomat tirab tahdid qilingan. Keyinchalik uyiga toliblar kelganidan va hibs xavfidan ogohlantirilgan Hakim ukasi bilan birga Pokiston orqali Parijga qochib o‘tishga erishdi. Hozirda u maktablar faoliyatini Parijdan turib, xavfsiz messenjerlar orqali masofaviy boshqarmoqda va xalqaro forumlarda afg‘on qizlarining ta’lim olish huquqlarini himoya qilib kelmoqda.

Avvalroq Afg‘onistonda 2,4 million qiz ta’limdan uzilgani, 2030-yilga borib bu ko‘rsatkich 4 millionga yetishi mumkinligi haqida xabar qilingan edi.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27
Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi
#Jamiyat

Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi

27-okt, 16:52
Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi
#O‘zbekiston

Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi

27-okt, 16:31
Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi
#Dunyo

Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi

27-okt, 16:25
“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19

Kun tanlovi

Bir piyola choy, o‘rtaga tortilgan non va bemalol suhbat — oddiy kundalik holatdek tuyuladi. Birga ovqatlanish nafaqat yaqinlar bilan munosabatni mustahkamla…
#Dunyo

Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi

Bir piyola choy, o‘rtaga tortilgan non va bemalol suhbat — oddiy kundalik holatdek tuyuladi. Birga ovqatlanish nafaqat yaqinlar bilan munosabatni mustahkamlaydi, balki ruhiy farovonlik va miya salomatligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotlarda boshqalar bilan tez-tez dasturxon atrofida jam bo‘ladigan odamlarda depressiv alomatlar kamroq uchrashi, kayfiyat va hayotdan qoniqish esa yuqoriroq bo‘lishi aniqlangan.

27-okt, 16:25
Tadqiqotchilar ishlab chiqqan REDMOD sun’iy intellekt tizimi kompyuter tomografiyasi tasvirlarida oshqozon osti bezi saratonining yashirin belgilarini klinik…
#Dunyo

Saraton belgilarini 16 oy avval sezadigan sun'iy intellekt yaratildi

27-okt, 14:54
Netanyahu davri tugaydimi? Isroil parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
#Dunyo

Netanyahu davri tugaydimi? Isroil parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

27-okt, 12:36

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27
#Jamiyat

Shahrisabzda avtomobil daraxtga urilishi qoibatida haydovchi shifoxonada vafot etdi

27-okt, 16:52
#O‘zbekiston

Misr O‘zbekiston fuqarolari uchun kirish qoidalarini qat’iylashtirishni 2027-yil bahoriga qadar kechiktirdi

27-okt, 16:31
#Dunyo

Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi

27-okt, 16:25
#O‘zbekiston

“Dok-1 Maks”dan jabrlangan bolalarning oilalariga belgilangan tovon puli to‘liq to‘lab berildi

27-okt, 15:19
Yana koʻrsatish