Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Siyosat

O‘zbekiston maxsus iqtisodiy zonalarda 2,7 mlrd dollarlik mahsulot ishlab chiqardi

18-avg, 10:08
2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistondagi maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari, texnoparklar, klasterlar va yoshlar sanoat va tadbirkorli…

2026-yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistondagi maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari, texnoparklar, klasterlar va yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tarkibidagi korxonalar tomonidan 64,5 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi. Statistika qo‘mitasida bu yarim yillik hisobot e’lon qilindi.

Mamlakatda 34 ta maxsus iqtisodiy zona faoliyat yuritmoqda. 2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, ishtirokchilari mavjud 34 ta maxsus iqtisodiy zona (MIZ), 400 ta kichik sanoat zonasi (KSZ), 27 ta texnopark, 354 ta klaster va 163 ta yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi bor.

Ularning tarkibidagi korxonalar soni MIZlarda 1167 ta, KSZlarda 3187 ta, texnoparklarda 4302 ta, klasterlarda 384 ta va yoshlar zonalarida 1289 tani tashkil etdi.

Yanvar-iyun oylarida ushbu zonalar tarkibidagi korxonalar tomonidan jami 64,5 trln so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarildi.

Eng katta hajm MIZ ishtirokchilariga to‘g‘ri kelib, 32,06 trln so‘mni tashkil etdi. Bu 2025-yilning shu davriga nisbatan 21 foiz ko‘p.

Klasterlarda 19,24 trln so‘mlik, KSZlarda 10,06 trln so‘mlik, texnoparklarda 1,63 trln so‘mlik va yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida 491,7 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.

MIZlarda ishlab chiqarishning eng katta qismini metallurgiya sanoati — 24,4 foiz, avtomobil va treylerlar ishlab chiqarish — 24,1 foiz hamda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish — 9,3 foiz tashkil etdi.

KSZlarda esa to‘qimachilik sanoati 19 foizlik ulush bilan yetakchilik qildi. Keyingi o‘rinlarda metallurgiya — 17,5 foiz va koks hamda neftni qayta ishlash mahsulotlari — 13 foiz bo‘ldi.

Yilning birinchi yarmida zonalar tarkibidagi korxonalarga 8,11 trln so‘m asosiy kapital investitsiyasi kiritildi.

Shundan 5,12 trln so‘m MIZlarga, 1,63 trln so‘m klasterlarga, 808,9 mlrd so‘m texnoparklarga va 551,8 mlrd so‘m KSZlarga to‘g‘ri keldi. Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarida bu ko‘rsatkich 1,4 mlrd so‘mni tashkil etdi.

O‘z kuchi bilan bajarilgan qurilish ishlari hajmida esa KSZlar yetakchi bo‘ldi — 527,3 mlrd so‘m. MIZlarda bu ko‘rsatkich 93,9 mlrd so‘mni, texnoparklarda 153,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.

IT Park ishtirokchilari 2026-yilning yanvar-iyun oylarida 392,5 mln dollarlik xizmatlar eksport qildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 90,3 mln dollarga ko‘p.

IT Park rezidentlari tomonidan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 18,17 trln so‘mga yetib, bir yil ichida 4,11 trln so‘mga oshdi.

Shuningdek, IT Park ishtirokchilariga asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 647,5 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu 2025-yilning yanvar-iyuniga nisbatan 352 mlrd so‘mga ko‘p.

Hisobot davri yakunida MIZ, KSZ, texnopark, klaster va yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalaridagi korxonalarda jami 177 mingdan ortiq xodim ishlagan.

Shundan 65,8 ming nafari texnoparklar, 60,8 ming nafari MIZ, 43,6 ming nafari KSZ, 6,5 ming nafari yoshlar zonalari va 5 ming nafari klasterlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Umuman, statistika iqtisodiy zonalar orasida MIZlar sanoat ishlab chiqarishi va investitsiyalarda, KSZlar qurilishda, texnoparklar esa xizmatlar va IT eksportida asosiy o‘rinlarni egallayotganini ko‘rsatadi.

Safe Service — kerakli xizmatlar bitta ilovada

Shuningdek oʻqing

O‘zbekistonda tilanchilik uchun jarimalar miqdori oshirildi
#O‘zbekiston

O‘zbekistonda tilanchilik uchun jarimalar miqdori oshirildi

15-okt, 11:50
“Samarqand noni” O‘zbekistonda rasman tovar belgisi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
#O‘zbekiston

“Samarqand noni” O‘zbekistonda rasman tovar belgisi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

15-okt, 11:41
Endi O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘istonga kirish uchun elektron ruxsatnoma olishi majburiy bo‘ladi
#Siyosat

Endi O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘istonga kirish uchun elektron ruxsatnoma olishi majburiy bo‘ladi

15-okt, 11:24
Qashqadaryoda tuman hokimiga tadbirkor bolta bilan hujumi qildi
#Jamiyat

Qashqadaryoda tuman hokimiga tadbirkor bolta bilan hujumi qildi

15-okt, 11:22
O‘zbekiston harbiylari Buyuk Britaniyadagi musobaqasida kumush medalni qo‘lga kiritdi
#O‘zbekiston

O‘zbekiston harbiylari Buyuk Britaniyadagi musobaqasida kumush medalni qo‘lga kiritdi

15-okt, 11:16
Markaziy bank tadbirkorlar uchun kredit portfelini 2030-yilgacha ikki baravarga oshirishni rejalashtirmoqda
#Iqtisodiyot

Markaziy bank tadbirkorlar uchun kredit portfelini 2030-yilgacha ikki baravarga oshirishni rejalashtirmoqda

15-okt, 11:04

Kun tanlovi

Qozog‘iston hukumati xorijliklarning mamlakatga kirishi va bo‘lishi bo‘yicha yangi tartibni tasdiqladi.

Prezident imzolagan qonun bilan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi belgilandi, zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga esa davl…
#Siyosat

Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlik kuchaytirildi. Nimalar o‘zgardi?

15-okt, 10:50
Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
#Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi

15-okt, 09:09

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

O‘zbekistonda tilanchilik uchun jarimalar miqdori oshirildi

15-okt, 11:50
#O‘zbekiston

“Samarqand noni” O‘zbekistonda rasman tovar belgisi sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

15-okt, 11:41
#Siyosat

Endi O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘istonga kirish uchun elektron ruxsatnoma olishi majburiy bo‘ladi

15-okt, 11:24
#Jamiyat

Qashqadaryoda tuman hokimiga tadbirkor bolta bilan hujumi qildi

15-okt, 11:22
#O‘zbekiston

O‘zbekiston harbiylari Buyuk Britaniyadagi musobaqasida kumush medalni qo‘lga kiritdi

15-okt, 11:16
#Iqtisodiyot

Markaziy bank tadbirkorlar uchun kredit portfelini 2030-yilgacha ikki baravarga oshirishni rejalashtirmoqda

15-okt, 11:04
Yana koʻrsatish