Yangiliklar arxivi

#Siyosat

Oʻzbekiston Prezidenti Toshkentda AQSh senatorini qabul qildi

Uchrashuvda senator vakili boʻlgan Montana shtati bilan aloqalarga urgʻu berildi. “C5+1” formatidagi hamkorlik hamda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va energetika bo‘yicha ishlar muhokama mavzusida bo‘ldi.

#O‘zbekiston

Kam ta’minlanganlarga xususiy bog‘cha va o‘quv markazlari xarajatlari vaucher orqali qoplab beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yo‘lga qo‘yilishi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Ijtimoiy reyestrdagi oilalarga ko‘rsatiladigan yordam ko‘lami kengaytirilib, kelasi yildan farzandlarining bog‘cha, o‘quv markazi hamda yotoqxona xarajatlari davlat tomonidan vaucher shaklida to‘lab beriladi.

#Jamiyat

O‘zbekistonda yil boshidan buyon 700 ming nafar aholi kambag‘allikdan chiqdi

Shavkat Mirziyoyev ishni to‘g‘ri tashkil qilgan 49 ta tuman va 3 ming 429 ta mahalla ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylanayotganini bildirdi. Davlat rahbari uch yilda mahallalardagi tadbirkorlik loyihalariga 314 trillion so‘m resurs ajratilgani, lekin kreditlarning kambag‘allikni qisqartirishga ta’siri barcha tumanda birdek sezilmayotganini tanqid qildi.

#O‘zbekiston

O‘zbekistonda yetti oyda 227,4 trillion so‘mlik bino qurildi

2026-yilning dastlabki yetti oyida O‘zbekistonda 227,4 trillion so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish ko‘rsatkichi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12,9 foizga yetdi. Soha rivojida nodavlat sektor hamda kichik biznes asosiy drayverga aylandi.

#Jamiyat

Jizzaxda 33 ming kishilik atomchilar shaharchasi quriladi

Jizzax viloyatida qurilayotgan atom elektr stansiyasi yonida 33 ming aholiga mo‘ljallangan zamonaviy atomchilar shaharchasi barpo etiladi. 200 gektar maydonda 10 mingga yaqin xonadon, shuningdek, maktab, bog‘cha, tibbiyot, sport va madaniyat obyektlari qurilishi rejalashtirilgan.