Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Jamiyat

O‘zbekistonda 15-oktabrdan 30-noyabrgacha barcha biznes subyektlari ro‘yxatga olinadi

2-sen, 18:03
O‘zbekistonda 15-oktabrdan 30-noyabrgacha barcha biznes subyektlari ro‘yxatga olinadi

O‘zbekistonda o‘tkazilgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalari ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, mamlakatning doimiy aholisi 39 million 47 ming nafarni tashkil etgan. Prezident Shavkat Mirziyoyevga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish yakunlari hamda milliy statistika tizimini rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdim etildi.

Ro‘yxatga olish jarayonida amaldagi hisobda aks etmagan 810,6 ming nafar aholining yashash manzili va ijtimoiy maqomiga aniqlik kiritilgan.

Hududlar kesimida ham sezilarli tafovutlar aniqlangan. Jumladan, amaldagi ma’lumotlarga nisbatan Jizzax viloyati aholisi 2,7 foiz, Namangan viloyati 1,3 foiz, Surxondaryo 0,9 foiz, Qashqadaryo esa 0,7 foiz kam ekani ma’lum bo‘lgan.

Shu bilan birga, Toshkent tumani aholisi avvalgi hisobga nisbatan 1,6 barobar ko‘p, Andijon shahri aholisi esa 15,8 foiz kam ekani aniqlangan.

Qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish natijasida avvalgi hisoblarda aks etmagan 985,5 ming gektar yerning chegarasi va toifasi aniqlashtirilgan.

Shundan:

  • 789,5 ming gektar — ekin yerlari;
  • 14,1 ming gektar — issiqxonalar;
  • 75,3 ming gektar — bog‘lar;
  • 21,4 ming gektar — tokzorlar;
  • 85 ming gektar — baliqchilik havzalari.

Ro‘yxatga olish jarayonlarining raqamlashtirilishi hisobiga xarajatlar aholi jon boshiga 1,5 ming so‘mdan oshmagan. Internet orqali ro‘yxatga olish qamrovi esa 82,3 foizni tashkil etgan. Barcha jarayonlar 15 kunda yakunlangan. Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston ro‘yxatga olish tezligi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egallagan.

Taqdimotda iqtisodiy faoliyatni to‘liq statistik hisobga olish masalasiga ham e’tibor qaratilgan.

Bugungi kunda kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi 23 foiz, ya’ni 246 trillion so‘mni tashkil etayotgani qayd etilgan. Qishloq xo‘jaligida esa umumiy aylanmaning 60 foizi ushbu sektor hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Mehnat bilan band bo‘lgan 15,2 million aholining 6,5 million nafari, ya’ni 42 foizining daromadlari rasmiy hisobda to‘liq aks etmayapti.

Shu munosabat bilan 2026-yil 15-oktabrdan 30-noyabrgacha mamlakatdagi barcha iqtisodiy birliklarni xatlovdan o‘tkazish va biznesni ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish taklifi ma’qullangan.

Bundan tashqari, 2027-yil 1-iyulgacha Milliy ma’lumotlar platformasini ishga tushirish, statistik ma’lumotlarni sun’iy intellekt tizimlari o‘qiy oladigan formatlarda e’lon qilish rejalashtirilmoqda. Davlat rahbari aniq, tezkor va ishonchli statistika davlat siyosatini belgilash hamda hudud va tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha to‘g‘ri qarorlar qabul qilishning muhim sharti ekanini ta’kidladi.

  • #biznes
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

#Jamiyat

Özbekistonda 6 yoşli bolalar maktabga tayyorlov guruhlariga töliq qamrab olinadi

11-noy, 12:25
#O‘zbekiston

Namanganda boğçadagi jinsiy zöravonlik işi yuzasidan sud sanasi belgilandi

11-noy, 11:48
#Jamiyat

Yana bir pedofil Qöqonda 13 yoşli qizni zörladi

10-noy, 15:55
#Jamiyat

YHXX xodimlariga joyida jarima undiriş taqiqlandi: yangi qoidalar qaçondan kuçga kiradi?

10-noy, 15:47
#Siyosat

Endi uluşli qurilişda noqonuniy jalb qilingan pul aholiga foizlari bilan qaytarilişi mumkin

10-noy, 15:22
#Dunyo

Narko savdoda gumonlangan özbekistonlik Turkiyada qölga olindi

10-noy, 11:44

Kun tanlovi

#Jamiyat

Özbekistonda 6 yoşli bolalar maktabga tayyorlov guruhlariga töliq qamrab olinadi

Prezident farmoni bilan ta’lim, tibbiyot, sud-huquq va mahalla tizimlarini tubdan isloh qilişga qaratilgan milliy dasturlarning asosiy maqsad hamda yönalişlari tasdiqlandi.

11-noy, 12:25
#Jamiyat

Yana bir pedofil Qöqonda 13 yoşli qizni zörladi

10-noy, 15:55
#Jamiyat

YHXX xodimlariga joyida jarima undiriş taqiqlandi: yangi qoidalar qaçondan kuçga kiradi?

10-noy, 15:47

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Özbekistonda 6 yoşli bolalar maktabga tayyorlov guruhlariga töliq qamrab olinadi

11-noy, 12:25
#O‘zbekiston

Namanganda boğçadagi jinsiy zöravonlik işi yuzasidan sud sanasi belgilandi

11-noy, 11:48
#Jamiyat

Yana bir pedofil Qöqonda 13 yoşli qizni zörladi

10-noy, 15:55
#Jamiyat

YHXX xodimlariga joyida jarima undiriş taqiqlandi: yangi qoidalar qaçondan kuçga kiradi?

10-noy, 15:47
#Siyosat

Endi uluşli qurilişda noqonuniy jalb qilingan pul aholiga foizlari bilan qaytarilişi mumkin

10-noy, 15:22
#Dunyo

Narko savdoda gumonlangan özbekistonlik Turkiyada qölga olindi

10-noy, 11:44
Yana koʻrsatish