AQSh, Britaniya va Shengen vizasi bor chet elliklar uchun O‘zbekistonga kirish tartibi soddalashtirildi

Yangi tartib 2026-yilning 1-sentyabridan e’tiboran rasman kuchga kirdi. Unga ko‘ra, AQSh, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Kanada, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya, Yaponiya hamda Shengen kelishuvi mamlakatlarining amaldagi ko‘p marotabalik biznes yoki turizm vizasiga ega bo‘lgan shaxslarga yengillik beriladi.
Aholisi gavjum bo‘lgan Hindiston Respublikasi fuqarolari uchun ham alohida shartlar belgilandi. Xususan, yuqorida qayd etilgan rivojlangan davlatlarning amal qilayotgan vizasiga ega hamda o‘z yurtiga yoki uchinchiga mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim etgan Hindiston fuqarolari O‘zbekistonga to‘siqsiz kirishlari mumkin.
Ushbu xalqaro vizalardan birining amal qilish muddati davomida O‘zbekiston hududiga qadam qo‘ygan xorijliklarga chegaradan o‘tgan kundan e’tiboran 30 kungacha bo‘lgan muddatga vizasiz rejim tartibi tatbiq etiladi. Bu qadam mamlakatga turistlar hamda investorlar oqimini oshirishga xizmat qiladi.
Avvalroq O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida 30 kunlik vizasiz tartib yo‘lga qo‘yilishi xabar qilingan edi.







