Yangiliklar arxivi

#O‘zbekiston

Shavkat Mirziyoyev elektropoyezdda Toshkentdan Bekobodga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev elektropoyezdda Toshkentdan Bekobod shahriga tashrif buyurdi. Safar davomida poytaxt va Bekobodni bog‘lovchi yangi temir yo‘l qatnovi hamda vokzal infratuzilmasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

#Dunyo

Yevropada iyun oyidagi jazirama oqibatida 10 mingdan ortiq o‘lim qayd etildi

27 Yevropa mamlakatining milliy o‘lim statistikalari asosida tahlil o‘tkazildi. Unda 22–28 iyun haftasidagi barcha sabablar bo‘yicha ortiqcha o‘limlar hisobga olingan. Aynan shu davrda Fransiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda jazirama eng yuqori cho‘qqiga chiqqan.

#Siyosat

Buxoroda tahsil olgan shayxulislom O‘zbekistonning yuksak ordeniga loyiq ko‘rildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumida ishtirok etish uchun kelgan Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani qabul qildi. Uchrashuvda madaniy-ma’rifiy hamkorlik masalalari muhokama qilinib, yakunda shayxulislomga “El-yurt hurmati” ordeni topshirildi.