Eski video yana trendda: Samarqandda bolalarini kaltaklagan ayol haqidagi xabar qaytadan tarqaldi

O‘sha vaqtda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati rahbari bo‘lganahongir Sagdullayevning ma’lum qilishicha, voqea Kattaqo‘rg‘on tumani «Balandravot» MFYga qarashli Tuynak qishlog‘ida sodir bo‘lgan. 1996-yilda tug‘ilgan Z.Sh. ismli ayol Rossiyada bo‘lgan turmush o‘rtog‘i bilan telefonda janjallashib qolib, o‘ch olish maqsadida ikki nafar voyaga yetmagan farzandini urgan va buni tasvirga olib eriga yuborgan.
- Holat yuzasidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Qiynash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. Bolalar onasidan olinib, qarindoshlari qaramog‘iga topshirilgan. Ularning ahvoli yaxshi va mutasaddilar nazoratida.






