Rossiyada o‘zbekistonlik migrant taqiqlangan futbolka sababli 20 yilga mamlakatdan haydaldi

Fuqaro Stavropol shahridagi Ichki ishlar vazirligining pasport-viza xizmatiga mehnat patentini rasmiylashtirish uchun kelgan. Shundan so‘ng, uning kiyimi migratsiya markazi xodimlarining diqqatini tortgan va u qo‘lga olingan.
Leninskiy tuman sudi uning harakatlarini armiyani obro‘sizlantirish deb baholab, 30 ming rubl miqdorida ma’muriy jarima tayinladi. Hukmdan so‘ng, fuqaroning mehnat faoliyati uchun berilgan ruxsatnomasi bekor qilindi va unga mamlakatdan ixtiyoriy ravishda chiqib ketishi uchun uch kun muhlat berildi.
Biroq, bu talab bajarilmagach, huquq-tartibot idoralari uni majburiy tartibda davlat hududidan chiqarib yubordi.






