Tailandda yong‘in sabab 27 kishi halok bo‘ldi

13-iyul kuni Tailandning Bangkok shahridagi kafelarning birida yong’in yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko’ra yong‘inga shiftdagi konditsionerning elektr orqali qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan. Olov kafening old qismida boshlanib, ovoz yutish uchun mo‘ljallangan ko‘pikli shift materiallari tufayli juda tez tarqalgan.

Shahar gubernatori ta’kidlashicha, kafening ikkita favqulodda chiqish yo‘li pivo qutilari hamda stollar bilan to‘sib qo‘yilgan bo‘lgan. Oqibatda 27 kishi voqea joyida halok bo’lgan va 60 dan ortiq inson jarohatlanib shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda voqea joyida tekshiruv ishlari davom etmoqda.






