Yangiliklar arxivi

#Dunyo

Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida yuk kemasi cho‘kib ketdi

Hodisa joriy yilning 14-iyul kuni boshqa bir kema bilan to‘qnashuv oqibatida yuzaga kelgan. To‘qnashuvdan keyin kema korpusiga suv kira boshlagan va favqulodda evakuatsiya ishlari amalga oshirilgan, kemadagi 23 nafar ekipaj a’zosi qutqarilib, mamlakat janubidagi Qeshm oroliga olib chiqilgan.

#Dunyo

“Tolibon” vaziri Hirotda ayollar va namoyishchilar hibsga olinishini oqlab bayonot berdi

Afg‘onistonning Hirot shahrida hijob qoidalarini buzganlikda ayblanib ayollar hibsga olinganidan so‘ng yuz bergan norozilik namoyishlari “Tolibon” tomonidan kuch bilan bostirilgan edi. Oradan bir oy o‘tib, harakatning Ezgulikni targ‘ib qilish va illatlarning oldini olish vaziri Xolid Xanafi hibslarni oqlab, ular shariat qonunlarini amalga oshirish doirasida o‘tkazilganini, qo‘lga olinganlar esa “hijobsizlikni targ‘ib qilish va keskinlikni keltirib chiqarish”da ayblanayotganini ma’lum qildi.

#O‘zbekiston

Farg‘ona vodiysida millionlab aholi yuqori seysmik xavf zonasida yashaydi – JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) zilzilalar hanuzgacha tabiiy ofatlar orasida eng ko‘p inson qurboniga sabab bo‘layotgan falokat ekanini ma’lum qildi. Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, 2000–2023-yillar oralig‘ida tabiiy ofatlar oqibatida yuz bergan o‘limlarning yarmidan ko‘pi aynan zilzilalar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

#Dunyo

Turkiya Netanyaxuni xalqaro qidiruvga berdi

Istanbul Bosh prokuraturasi BMTning Dengiz huquqi to‘g‘risidagi konvensiyasi, Turkiya Jinoyat-protsessual kodeksining 15-moddasi hamda Turkiya Jinoyat kodeksining 12 va 13-moddalariga tayangan holda o‘z tashabbusi bilan tergov boshladi.

#O‘zbekiston

O’zbekistonda rektor lavozimiga tayinlanish shakli o‘zgardi

Oʻzbekistonda davlat OTMlari rektori lavozimiga nomzodlar endilikda faqat “Rektorlar maktabi” dasturini muvaffaqiyatli tamomlagan va rektorlar zaxirasiga kiritilgan shaxslar orasidan tanlab olinadi. Dasturga qabul ochiq tanlov asosida toʻrt bosqichda amalga oshiriladi.