Namanganda Sirdaryo daryosida cho‘kib ketgan 27 yoshli fuqaro qidirilmoqda

Namangan viloyati Namangan tumani Oq yer mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Sirdaryo daryosidan 27 yoshli yigitning jasadi qidirilmoqda. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
Aniqlandiki, Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani Puchug‘oy mahallasida yashovchi 1999-yilda tug‘ilgan fuqaro Sirdaryo daryosida cho‘milish vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida suvga cho‘kib ketgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Maxsus qidiruv-qutqaruv otryadi qutqaruvchi g‘avvoslari tomonidan suv ostida, Namangan tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan esa suv ustida qidiruv ishlari uzluksiz olib borilmoqda.
Qidiruv ishlari yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.






