Prezident tashrifidan so‘ng Bekobod va Yangiyo‘l tumanlariga yangi hokim tayinlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrifidan so’ng Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi almashdi. “Navoiy sanoatni rivojlantirish kompleksi” direktori bo‘lib ishlab kelgan Narimonjon Ismoilov Toshkent viloyati Bekobod shahri hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar qildi.
Xalq deputatlari shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va navbatdagi muhim vazifalar yuzasidan tahliliy ma’ruza qilgan.
Yig’ilishda haharni 2022-yildan buyon boshqarib kelgan Nasrulla Baboyev ushbu yig‘ilishda o‘z lavozimidan ozod etilgan.
Shuningdek, majlisda Yangiyo‘l tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Odiljon Ataullayev egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Zoyir Mirzayev Yangiyo‘l tumani hokimi lavozimiga shu paytga qadar Vazirlar Mahkamasida mas’ul vazifada ishlab kelayotgan San’at Jumaniyazov nomzodini tavsiya qilgan. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidanyangi hokim Yangiyo‘l tumani hokimi etib tasdiqlangan.






