Yangiliklar arxivi

#Iqtisodiyot

Xalqaro ta’lim grantlari – 2026: Eng mashhur dasturlar va g‘olib bo‘lish strategiyasi

Dunyoning eng nufuzli universitetlarida bepul o‘qish, oylik stipendiya olish va xalqaro tajriba orttirishni maqsad qilganlar uchun ayni kunlarda arizalar qabuli faol bosqichga kirgan. Ushbu maqolada 2026-yilda O‘zbekiston fuqarolari hujjat topshirishi mumkin bo‘lgan eng mashhur va to‘liq moliyalashtiriladigan xalqaro grantlar dasturini jamladik.

#O‘zbekiston

Bakalavriat va magistratura bosqichida yangi ta’lim yo‘nalishlari ochildi

Shuningdek, klassifikatorga bir nechta o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, 760-pozitsiyadagi bakalavriat yo‘nalishi “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” deb qayta nomlandi. 766-pozitsiyadagi magistratura mutaxassisligi “Davlat va harbiy boshqaruv” nomi bilan tasdiqlandi. 799-pozitsiya klassifikatordan chiqarildi.

#Sport

Javohir Sindorov AQShda Daniel Naroditskiy xotira turniri g‘olibiga aylandi

O‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov AQShda ilk bor tashkil etilgan Daniel Naroditskiy xotira turnirining rapid yo‘nalishida mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Keskin kurashlar ostida o‘tgan musobaqa yakuniga ko‘ra, hamyurtimiz blits tay-breykda hindistonlik raqibini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.

#Jamiyat

Samarqanddagi kuchli toshqin yangi qurilgan temiryo‘l dambasiga shikast yetkazdi

Samarqand viloyatida kuchli suv toshqini oqibatida temiryo‘l o‘tgan damba shikastlandi va hududda zudlik bilan mustahkamlash ishlari boshlandi. “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ bergan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston va Tojikistonning tog‘li hududlarida kuzatilgan anomal yog‘ingarchiliklar Zarafshon daryosida suv oqimining me’yordan uch barobargacha oshib ketishiga sabab bo‘lgan.

#O‘zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Sergeli mahallari bo‘ylab yurib, fuqarolar bilan muloqot qildi

Prezident 4-iyul kuni Sergeli tumanidagi Yangi Sergeli ko‘chasida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari hamda 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari bilan tanishdi. Qiymati 18,7 milliard so‘mlik loyiha doirasida 2,1 kilometrlik ko‘cha zamonaviy infratuzilmaga ega tunu kun ishlaydigan savdo va xizmatlar hududiga aylantirildi.

#Jamiyat

Yilning birinchi yarmida 462 milliard so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingani aniqlandi

O‘zbekistonda yilning dastlabki olti oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish oqibatida davlat manfaatlariga qariyb yarim trillion so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi. O‘zenergoinspeksiya tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida joriy yilning birinchi yarmida 1 837 ta qonunbuzilish holati qayd etilgan. Shuningdek, reydlar davomida 5,5 ming tonnadan ortiq sifatsiz neft mahsulotlarining AYOQSHlar orqali sotuvga chiqarilishining oldi olingan.