Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Jamiyat

Toshkentda uy xizmatchisi 90 yoshli keksa ayolni hojatxonaga olib kirib, muntazam kaltaklab kelgani ma'lum bo‘ldi

4-iyl, 12:29
Toshkent shahrida 90 yoshli keksa ayolni o‘zini himoya qila olmasligidan foydalanib, bir necha oy davomida muntazam ravishda kaltaklab va qiynab kelgan uy xi…

Toshkent shahrida 90 yoshli keksa ayolni o‘zini himoya qila olmasligidan foydalanib, bir necha oy davomida muntazam ravishda kaltaklab va qiynab kelgan uy xizmatchisi ustidan sud jarayoni yakunlandi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan mazkur ishda xonadonga o‘rnatilgan yashirin videokuzatuv kamerasi yozuvlari asosiy dalil sifatida xizmat qilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida uy xizmatchisi bo‘lib ishlab, o‘ziga ishonib topshirilgan keksa ayolga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan 1993 yilda tug‘ilgan shaxsga nisbatan oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Portal24.uz tanishgan rasmiy sud hujjatlariga ko‘ra, mazkur jinoyat 2026 yilning yanvar oyidan mart oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida sodir etilgan.

Aniqlanishicha, sudlanuvchi ayol e'lonlar platformasi orqali Mirzo Ulug‘bek tumani Oqqo‘rg‘on ko‘chasidagi xonadonga oylik 7 million so‘m ish haqi evaziga uy tozalash va 90 yoshli buvijonni parvarish qilish uchun ishga yollangan. Biroq u o‘zining xizmat vazifasini bajarish o‘rniga, keksa ayolning yoshi ulg‘aygani sababli ojiz ahvolda ekanligi va o‘zini himoya qila olmasligidan foydalanib, uni hojatxonaga olib kirgan vaqtlarida muntazam ravishda bosh, yuz va bo‘yin qismlariga urib, do‘pposlab kelgan.

Jabrlanuvchining nabirasi va kelini xonadondagi ayolning tanasida tez-tez ko‘karish hamda jarohat izlari paydo bo‘layotganidan shubhalanib, uyning hojatxona qismiga yashirin videokuzatuv kamerasi o‘rnatishgan. 2026-yil 19-mart kuni navbatdagi kaltaklash voqeasidan so‘ng, yashirin kamera tasvirlari tekshirilganda uy xizmatchisining vahshiyona harakatlari fosh bo‘lgan va xonadon egalari zudlik bilan ichki ishlar organlari hamda tez tibbiy yordamga murojaat qilgan. Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, keksa ayolning tanasida ko‘plab qontalashlar va lat yeyish jarohatlari aniqlangan.

Sud majlisida sudlanuvchi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lib, qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan va yengillik berishni so‘ragan. Dastlabki tergov organi tomonidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Qiynash) bilan bir qatorda 112-moddasi (O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) bo‘yicha ham ayb qo‘yilgan edi. Biroq sud jarayonida tergov organi tomonidan qo‘rqitish holatlari bo‘yicha yetarli dalillar taqdim etilmagani va jabrlanuvchi sog‘lig‘i tufayli voqeani eslay olmasligi sababli, Jinoyat-prosessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 112-moddasi 3-qismi bo‘yicha aybsiz deb topildi va reabilitatsiya qilindi.

Sud hukmiga ko‘ra, ayblanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi 2-qismining “v” bandida (Ojiz ahvoldagi shaxsni muttasil ravishda urib do‘pposlash yoki boshqacha harakatlar bilan qiynash) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan.

Sudlanuvchining ayolligi, muqaddam sudlanmagani va oilaviy sharoiti inobatga olinib, unga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Mahkuma jazo muddatini Toshkent viloyatidagi yashash joyida, kechki va tungi vaqtlarda uydan chiqish cheklovi asosida o‘taydi.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service
#O‘zbekiston

“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service

29-okt, 00:52
“Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” – Eron TIV
#Siyosat

“Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” – Eron TIV

28-okt, 14:08
Toshkentda is gazidan zaxarlanib 6 kishi halok bo‘ldi
#Jamiyat

Toshkentda is gazidan zaxarlanib 6 kishi halok bo‘ldi

28-okt, 12:41
Toshkentdagi avtohalokatda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘linib ketdi
#Jamiyat

Toshkentdagi avtohalokatda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘linib ketdi

28-okt, 10:38
O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27

Kun tanlovi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qurilayotgan ikki qavatli uyda bir kechada olti kishi vafot etdi, yana ikki kishi shifoxonaga yotqizildi.  Uyning yerto‘la qismiga …
#Jamiyat

Toshkentda is gazidan zaxarlanib 6 kishi halok bo‘ldi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qurilayotgan ikki qavatli uyda bir kechada olti kishi vafot etdi, yana ikki kishi shifoxonaga yotqizildi. Uyning yerto‘la qismiga o‘rnatilgan isitish qozoni xavfsizlik talablariga javob bermagan.

28-okt, 12:41
Chilonzor tumanida 21 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘lindi. Haydovchi shifoxonaga olib ketildi. YHXB hodisa yuzasidan sur…
#Jamiyat

Toshkentdagi avtohalokatda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘linib ketdi

28-okt, 10:38
Toshkentdagi “Parkwood” majmuasi yaqinidagi transformator punktida yuz bergan yong‘inda elektr xodimi kuyib jarohatlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodi…
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service

29-okt, 00:52
#Siyosat

“Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” – Eron TIV

28-okt, 14:08
#Jamiyat

Toshkentda is gazidan zaxarlanib 6 kishi halok bo‘ldi

28-okt, 12:41
#Jamiyat

Toshkentdagi avtohalokatda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘linib ketdi

28-okt, 10:38
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27
Yana koʻrsatish