Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Dunyo

Isroilda Eron foydasiga josuslik qilgan Rossiya pasportiga ega tojikistonlik shaxs qo‘lga olindi

4-iyl, 15:10
Isroil polisiyasi va Mudofaa vazirligi hamkorlikda o‘tkazilgan maxsus amaliyot natijasida Rossiya pasportiga ega bo‘lgan tojikistonlik Behruz Sobirjon qo‘lga…

Isroil polisiyasi va Mudofaa vazirligi hamkorlikda o‘tkazilgan maxsus amaliyot natijasida Rossiya pasportiga ega bo‘lgan tojikistonlik Behruz Sobirjon qo‘lga olinganini rasman ma’lum qildi. U joriy yilning yanvar oyidan buyon Eron razvedka idoralari bilan yashirin aloqa o‘rnatib, ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqaruvi ostida Isroil davlati xavfsizligiga qarshi qaratilgan topshiriqlarni bajarib kelganlikda ayblanmoqda.

Tergov xulosalariga ko‘ra, gumonlanuvchining xavfsizlikka tahdid soluvchi faoliyati asosan “Arslonlar na’rasi” urushi davriga to‘g‘ri kelgan. Isroil polisiyasi bayonotida qayd etilishicha, ushbu shaxs Eronning operativ yutuqlariga hamda xalqaro maydonda Isroilga qarshi strategik maqsadlarini ilgari surishiga faol yordam berishga uringan. Dastlab Behruz Sobirjon bilan oddiy ish taklifi niqobi ostida aloqaga chiqilgan, biroq u suhbatdoshlari Eron agentlari ekanini tezda anglab yetgan bo‘lsa-da, moddiy manfaatdorlik evaziga hamkorlikni davom ettirgan.

“The Times of Israel” nashrining xabar berishicha, mahalliy xavfsizlik xizmatlari tojikistonlik erkakning eronlik kuratoriga juda muhim va xavfli ma’lumotlarni yuborganini aniqlagan. XUsusan, u urush paytida Eron raketalari kelib tushgan aniq joylarning tafsilotlari, Tel-Aviv shahridagi yirik minoralarning koordinatalari hamda Hayfa portining batafsil suratlarini chet elga sizdirgan. Bundan tashqari, u Isroil shimolidagi o‘ta maxfiy xavfsizlik ob’yektini suratga olishga urinayotgan vaqtida kuzatuvga tushgan.

Mazkur murakkab tergov jarayoni Isroil polisiyasi, Mudofaa vazirligi va Isroilning ichki xavfsizlik agentligi bo‘lgan "Shin Bet" tomonidan hamkorlikda olib borildi. Ayni paytda qo‘lga olingan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va sud jarayoniga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Ma’lumki, Isroil va Tojikiston davlatlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri elchixonalar mavjud emas, biroq ikki mamlakat uchinchi davlatlardagi mintaqaviy elchixonalar va xalqaro tarmoqlar orqali cheklangan diplomatik aloqalarni saqlab keladi. Ekspertlar ushbu holat mintaqadagi yashirin razvedka urushining yangi bosqichi ekanini ta’kidlamoqda.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service
#O‘zbekiston

“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service

29-okt, 00:52
“Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” – Eron TIV
#Siyosat

“Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” – Eron TIV

28-okt, 14:08
Toshkentda is gazidan zaxarlanib 6 kishi halok bo‘ldi
#Jamiyat

Toshkentda is gazidan zaxarlanib 6 kishi halok bo‘ldi

28-okt, 12:41
Toshkentdagi avtohalokatda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘linib ketdi
#Jamiyat

Toshkentdagi avtohalokatda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘linib ketdi

28-okt, 10:38
O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27

Kun tanlovi

Bir piyola choy, o‘rtaga tortilgan non va bemalol suhbat — oddiy kundalik holatdek tuyuladi. Birga ovqatlanish nafaqat yaqinlar bilan munosabatni mustahkamla…
#Dunyo

Birga ovqatlanish: dasturxon atrofidagi suhbatning salomatlikka ta’siri aniqlandi

Bir piyola choy, o‘rtaga tortilgan non va bemalol suhbat — oddiy kundalik holatdek tuyuladi. Birga ovqatlanish nafaqat yaqinlar bilan munosabatni mustahkamlaydi, balki ruhiy farovonlik va miya salomatligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tadqiqotlarda boshqalar bilan tez-tez dasturxon atrofida jam bo‘ladigan odamlarda depressiv alomatlar kamroq uchrashi, kayfiyat va hayotdan qoniqish esa yuqoriroq bo‘lishi aniqlangan.

27-okt, 16:25
Tadqiqotchilar ishlab chiqqan REDMOD sun’iy intellekt tizimi kompyuter tomografiyasi tasvirlarida oshqozon osti bezi saratonining yashirin belgilarini klinik…
#Dunyo

Saraton belgilarini 16 oy avval sezadigan sun'iy intellekt yaratildi

27-okt, 14:54
Netanyahu davri tugaydimi? Isroil parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda
#Dunyo

Netanyahu davri tugaydimi? Isroil parlament saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

27-okt, 12:36

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

“Ma’lumotlar asossiz tuxmatdan iborat” – Safe service

29-okt, 00:52
#Siyosat

“Biz O‘zbekiston bilan munosabatlarimizga katta ahamiyat beramiz” – Eron TIV

28-okt, 14:08
#Jamiyat

Toshkentda is gazidan zaxarlanib 6 kishi halok bo‘ldi

28-okt, 12:41
#Jamiyat

Toshkentdagi avtohalokatda Lacetti daraxtga urilib, ikkiga bo‘linib ketdi

28-okt, 10:38
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi do‘konlarda soxta aksiyalar va berilmagan yutuqlar bo‘yicha o‘nlab qoidabuzarliklar aniqlandi

27-okt, 18:03
#Jamiyat

Toshkentda transformatorni ta‘mirlayotgan erkak yonib ketdi

27-okt, 17:27
Yana koʻrsatish