Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot
Biz haqimizdaTelegram
#Jamiyat

Toshkent tumanlarida sun’iy intellekt tizimlari joriy etiladi. Prezident Sergelidagi yangi loyihalarni ko‘zdan kechirdi

4-iyl, 17:02
Sergeli tumani hokimlik binosida tuman idoralarining faoliyati zamonaviy raqamli texnologiyalar va “yagona darcha” tamoyili asosida qayta tashkil etildi. Hoz…

Sergeli tumani hokimlik binosida tuman idoralarining faoliyati zamonaviy raqamli texnologiyalar va “yagona darcha” tamoyili asosida qayta tashkil etildi. Hozirgi kunda mazkur binoda hokimlikdan tashqari yana 5 ta turdosh tashkilot bir joyda faoliyat yuritmoqda va ular tomonidan aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga 30 dan ortiq turdagi tezkor davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

Xususan, tizim doirasida Ichki ishlar vazirligiga onlayn murojaat qilish imkoniyatini beruvchi maxsus qurilma o‘rnatilgan. Fuqaro murojaat yo‘llaganida, navbatchi inspektor videoaloqa orqali murojaatchi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanadi va ish avtomatik ravishda elektron royxatga olinadi. Murojaat yakunida fuqaro inspektorning muomalasi va ish samaradorligiga o‘zi mustaqil baho qo‘yishi mumkin. Davlat rahbari ushbu tizimni yuqori baholab, bunday “aqlli” qurilmalarni aholi gavjum bo‘lgan boshqa jamoat joylari, bozorlar va yirik obyektlarga ham ko‘plab o‘rnatish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Tuman hokimligida tashkil etilgan Vaziyatlar markazida sun’iy intellekt tahliliga asoslangan “Aqlli tuman” platformasi ishga tushirilgan. Mazkur markazda 17 ta yirik axborot tizimi o‘zaro integratsiya qilingan bo‘lib, u tumandagi 46 ta mahalla va 25 ta umumta’lim maktabi bilan videokonferensaloqa tarmog‘i orqali bog‘langan. Platforma tarkibidagi “Xavfsiz tuman” tizimi huquqbuzarliklarni real vaqt rejimida monitoring qilishga xizmat qilsa, “AI Davomat” tizimi maktablarda o‘quvchilarning sababsiz dars qoldirishi va nazoratsizligining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining raqamli xaritasi orqali soliq tushumlarini aniq prognoz qilish yo‘lga qo‘yilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Vaziyatlar markazining texnik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishib, ushbu sun’iy intellekt tizimini Toshkent shahrining qolgan barcha tumanlarida ham tez fursatlarda joriy etish vazifasini yukladi. Tashrif doirasida Toshkent shahrida ta’lim va qurilish sohalarini raqamlashtirish, yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirish, soliqlarning yig‘iluvchanligini oshirish hamda jamoat xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha mas’ul mutasaddilarning hisobotlari tinglandi va kelgusidagi vazifalar belgilab berildi.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling

Shuningdek oʻqing

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22

Kun tanlovi

Oltinsoy tumanida YPX xodimi to‘xtash talabiga bo‘ysunmagan Captiva ortidan xizmat avtomobilida kuzatgan va ko‘p o‘tmay YTH sodir bo‘lgan. Lacetti haydovchis…
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#Jamiyat

Toshkentda havo ifloslanishi yana 10 kun davom etishi mumkin

29-okt, 17:47
#Dunyo

Rog‘un GESida yoriqlar paydo bo‘ldimi? O‘zbekiston uchun xavf nimada?

29-okt, 17:13
#Jamiyat

Ertaga tog‘li hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

29-okt, 14:45
#Jamiyat

Surxondaryoda Captiva bilan bog‘liq YTH sabab YPX inspektori xizmat tekshiruvidan o‘tkaziladi

29-okt, 12:25
#O‘zbekiston

O‘zbekistondagi ba’zi aeroportlar temiryo‘l vokzallari bilan bog‘lanadi

29-okt, 11:50
#Jamiyat

Farg‘onada 24 yoshli yigit oʻzini 15-qavatdan tashladi

29-okt, 10:22
Yana koʻrsatish