
Soxta ayblov bilan Janubiy Koreyada umrbod qamalgan o‘zbekistonlik 16 yildan so‘ng ozodlikka chiqarildi
Janubiy Koreyada bosqinchilik va qotillikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan 37 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Akmal Bozorov 16 yildan ortiq vaqtni panjara ortida o‘tkazganidan so‘ng qamoqdan ozod qilindi.



















