Donald Trampning yangi matbuot kotibi Keti Zaxariya tayinlanganidan bir hafta o‘tmay lavozimini tark etdi

Oq uy ma’muriyati uning boshqa ishga o‘tayotganini tasdiqladi, biroq aynan qaysi lavozimda faoliyat yuritishi va vazifasini qachon topshirishiga aniqlik kiritmadi.
Zaxariya 12-oktyabr kuni rasman ishga kirishgan bo‘lib, u o‘tkazgan ilk brifing atigi 14 daqiqa davom etgan edi. Oradan bir necha kun o‘tib, prezident Donald Tramp jurnalistlar bilan muloqotda matbuot kotibiga bu lavozimda qolish-qolmaslik masalasini yana bir bor o‘ylab ko‘rishni maslahat berganini ma’lum qilgan.
Jamoatchilikda Zaxariyaning yuridik malakasi yuzasidan ham e’tirozlar paydo bo‘ldi. Pepperdin universiteti yuridik maktabini tamomlagan bo‘lsada, u advokatlik litsenziyasiga ega emasligi hamda Kaliforniyadagi tegishli imtihondan o‘ta olmaganini o‘zi tan olgan.
Eslatib o‘tamiz, 42 yoshli Keti Zaxariya ushbu lavozimda farzandli bo‘lgani sababli ishdan ketgan Karolin Levittning o‘rnini egallagan edi.








