Daniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.
“Daniyani Yevropadagi istiqbolli hamkorlarimizdan biri sifatida ko‘ramiz. Suhbatimiz davomida siyosiy muloqotni izchil davom ettirish, o‘zaro savdo va investitsiyalarni ko‘paytirish, ko‘plab sohalarda qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratdik”, deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari uchrashuv yakunlari bo‘yicha.
Ma’lumot uchun, qarorgohi Kopengagen shahrida joylashgan Lars Tuesen Daniya Tashqi ishlar vazirligining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili hisoblanadi. U bir vaqtning o‘zida o‘rindoshlik asosida Daniyaning Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda Turkmanistondagi elchisi vazifasini ham bajarib kelmoqda.







