Dam olish kunlari ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Haftaning dam olish kunlari (16−18-oktabr) O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Havo harorati asosan kechalari +10…+15 daraja, kunduz kunlari +22…+27 daraja, shimoliy hududlarda 17−18-oktabrda kechalari +5…+10 daraja, kunduz kunlari +18…+23 daraja bo‘ladi.
Shamol sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Tog‘li hududlarda 16-oktabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 17−18-oktabrda ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘larda qorga aylanishi mumkin.
Toshkent shahrida dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari +12…+14 daraja atrofida, kunduz kunlari 16-oktabrda +24…+26 daraja, 17−18-oktabrda +22…+24 daraja bo‘ladi.








