Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot#Foydali
Biz haqimizdaTelegram
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot#Foydali

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

© 2026 Portal24. Barcha huquqlar himoyalangan.

Sayt materiallaridan foydalanilganda portal24.uz saytiga havola berish majburiy.

Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Portal24 — bosh sahifaga
#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot#Foydali
Biz haqimizdaTelegram
#O‘zbekiston

“Qishga 100 foiz tayyormiz” — Vazir o'rinbosari davlat byudjetidan ajratilgan mablag'lar samarali ishlatilishiga kafolat berdi

27-noy, 17:46·Muallif: Behruzbek Mustafoyev
Matbuot anjumani

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazir o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva issiqlik ta'minoti uchun joriy yilda davlat byudjetidan yo'naltirilgan qariyb bir trillion so'm mablag' samarali ishlatilishiga kafolat berdi. Uning aytishicha, issiqlik tarmoqlari va qozonxonalar qish mavsumiga to'liq tayyor.

Bu haqda vazirlik, "Issiqlikta'minoti" AJ, "Veolia Energy Tashkent" MChJ va Toshkent shahar hokimligi hamkorligida jurnalist va blogerlar uchun o'tkazilgan press-tur va matbuot anjumanida ma'lum qilindi. Anjumanda vazir o'rinbosari bilan birga "Veolia Energy Tashkent" bosh direktori Sevara Karimova, "Issiqlikta'minoti" AJ boshqaruv raisi Ilhom To'rayev va Toshkent shahar hokimi o'rinbosari Obidjon Mo'minov ishtirok etdi.

Jo'rayeva gaz bosimi pasaysa, qozonxonalar uchun zaxira dizel yoqilg'isi tayyorlanganini, elektr o'chsa, avariya bartaraf etilguncha qo'shimcha generatorlar ishlashini aytdi. Dispetcherlik xizmatlari 24/7 rejimida ishlayapti. Ma’lumotga ko'ra, mavsum davomida avariyalarni oldini olish uchun 18 300 tonna ko'mir, 18,6 km quvur, 870 dan ortiq zadvijka, 4 860 kg elektrod va 83 ta dizel generator zaxirasi yaratilgan. 105 ta tezkor avariya-tiklash guruhi tuzilgan, ularda 430 ga yaqin xodim va 116 ta maxsus texnika shay turibdi.

Respublikada 46 181 ta ko'p kvartirali uy bor, ularda 1 milliondan ortiq oila yashaydi. Shundan 17 523 ta uy markazlashgan issiqlik ta'minotiga ulangan. Tizim 555 ta qozonxona va 3 784 km issiqlik tarmog'i orqali ishlaydi.

Joriy yilda issiqlik infratuzilmasini yaxshilash uchun qariyb 765 mlrd so'mlik 75 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Ular doirasida eskirgan qozonxona va tarmoqlar rekonstruksiya qilinmoqda, yangi turar joy massivlarida zamonaviy issiqlik tizimlari quriladi. Natijada 1 156 ta ko'p kvartirali uy va 184 ta ijtimoiy obyektda issiqlik ta'minoti yaxshilanadi.

"Yangi O'zbekiston" massivlaridagi 492 ta turar joy va 40 ta ijtimoiy obyekt esa birinchi marta markazlashgan issiqlikka ulanadi. Bundan tashqari, 90 mlrd so'm hisobidan 41 ta qozon, 25,8 km tarmoq va 91 ta yordamchi uskuna mukammal ta'mirlandi. Hududiy korxonalar o'z mablag'lari hisobidan 77 ta qozon va 42,4 km tarmoqni joriy ta'mirdan chiqardi.

Uy-joy fondini tayyorlashga ham katta mablag' sarflangan. Joriy yilda 6 686 ta ko'p kvartirali uy mavsumga tayyorlandi, bunga boshqaruv organlari 243,7 mlrd so'm yo'naltirdi. Ularning o'z hisobidan qariyb 190 mlrd so'm sarflanib, 3 mingga yaqin uyda ta'mirlash ishlari bajarildi. Energiya tejash maqsadida 709 ta uyning 751 ming kv. m fasadi issiqlik saqlovchi materiallar bilan qoplandi, 602 ta uyning ichki isitish tizimi tiklandi, 6,5 ming kv. m fremuga romlari almashtirildi va 40 mingdan ortiq tejamkor chiroq o'rnatildi.

Uylarga tutash hududlarni obodonlashtirishga davlat byudjetidan qariyb 521 mlrd so'm yo'naltirilgan. Bu mablag' hisobiga 1 018 ta bolalar va sport maydonchasi, 109 ming pog'on metr irrigatsiya tarmog'i, 653 ming kv. m beton yo'lak va 220 ta jamoat hojatxonasi quriladi. Ishlar 83 foizga bajarilgan. Ichimlik suvi tarmog'ida esa joriy yilda 188,1 km tarmoq va 624 ta nasos uskunasi mukammal ta'mirlandi, yana 3 127,3 km tarmoq va 1 038 ta nasos joriy ta'mirdan chiqarildi.

Xalqaro hamkorlik ham davom etmoqda. Jahon banki bilan Andijon, Chirchiq, Buxoro va Samarqandda 14 ta yangi qozon o'rnatilib, 90,1 km tarmoq himoyalangan quvurlarga almashtirildi. 1 306 ta individual issiqlik punkti o'rnatilib, 1 039 ta uyning ichki isitish tizimi yangilandi. Natijada 1 055 ta uy va 98 ta ijtimoiy obyektdagi 168 mingdan ortiq aholining issiqlik ta'minoti yaxshilandi. Angrenda Koreyaning HSCMT kompaniyasi bilan aqlli ultratovushli hisoblagichlar va sun'iy intellekt asosidagi 40 ta zadvijka o'rnatilib, "Vaziyatlar markazi" tashkil etildi. Nukusda Saudiya Arabistonining "Saudi Tabreed District Cooling" kompaniyasi bilan kogeneratsiya loyihasi boshlanmoqda. Unda 28 km tarmoq quriladi, 189 ta issiqlik punkti o'rnatiladi va 22 880 kishi issiqlik bilan ta'minlanadi. Buxoroda esa trigeneratsiya asosida yangi issiqlik markazi qurish rejalashtirilgan.

Press-tur davomida jurnalistlar Toshkentning Bektemir tumanidagi "Vodnik" qozonxonasi bilan tanishdi. Uni "Veolia Energy Tashkent" 85 mlrd so'mlik pilot loyiha doirasida qurgan. Quvvati 30 MVt bo'lgan qozonxonada Turkiyada ishlab chiqarilgan to'rtta energiyatejamkor qozon bor va u "Yangi O'zbekiston" massividagi 37 ta ko'p kvartirali uyni issiqlik bilan ta'minlaydi. Modernizatsiya natijasida gaz sarfi yiliga 22,2 foizga, elektr sarfi 20 foizga, sovuq suv sarfi 44,1 foizga kamayishi mumkin. Jami yiliga 2,84 mlrd so'mlik resurs tejaladi.

Toshkentda tizim raqamlashtirilmoqda. Avval SCADA orqali 13 nuqta kuzatilgan bo'lsa, hozir Hubgrade platformasi 351 nuqtadan onlayn ma'lumot oladi. Shu tufayli issiqlik tarmoqlaridagi yo'qotishlar 44 foizdan 25,9 foizgacha kamaygan. Call-markaz 24/7 rejimida ishlaydi, murojaatlar 1347 raqami, Telegram chat-bot va shaxsiy kabinet orqali qabul qilinadi. Murojaatni ko'rish muddati 12–15 kundan 2–3 kunga qisqargan, ko'tarilmagan qo'ng'iroqlar ulushi esa may oyidagi 22 foizdan iyulda 3,6 foizgacha tushgan.

Anjumanda kelgusidagi rejalar ham batafsil aytib o’tildi. Yil oxirigacha yopiq tizimga o'tish doirasida 634 ta individual issiqlik punkti o'rnatiladi. 2030-yilgacha markazlashgan issiqlik qamrovi 37 foizdan 58 foizga yetkaziladi, tarmoqdagi yo'qotishlar 38 foizdan 20 foizgacha kamaytiriladi va 8 681 ta individual issiqlik punkti o'rnatiladi. Jo'rayeva shu maqsadlar va modernizatsiya loyihalari o'z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ham kafolatladi.

  • #Matbuot anjumani
  • #Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi
  • #Issiqlikta'minoti
Bizni Telegram’da kuzating! Kerakli yangiliklar — bitta kanalda
Telegram kanalimizga obuna boʻling
Maqola muallifiBehruzbek Mustafoyev#O‘zbekiston
Muallifning boshqa maqolalari

Shuningdek oʻqing

#O‘zbekiston

Bo‘ston tumani hokimi fuqarolarni oyog‘iga bahila kiydirib qabul qildi

27-noy, 17:00·Abdurahmon Ergashev
#O‘zbekiston

“So‘rovim shunga yarasha bo‘ladi”. Saida Mirziyoyeva Sirdaryodagi yig‘ilib qolgan muammolar sabab soha mas’ullarini jiddiy ogohlantirdi

27-noy, 16:18·Abdurahmon Ergashev
#O‘zbekiston

O‘zbekistonga o‘qishga kelgan xorijliklar soni 1,7 baravarga oshib, 57,6 ming nafarga yetdi

27-noy, 09:37·Abdurahmon Ergashev
#O‘zbekiston

O‘zbekistonda 2030-yilgacha sayyohlar oqimni yiliga 20 millionga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bunga qancha pul sarflanadi?

27-noy, 08:29·Abdurahmon Ergashev
#O‘zbekiston

Endi O‘zbekistonda fuqarolar profilaktika inspektorlariga maxsus tugma orqali xabar yuboradi, inspektor esa murojaatni 5 daqiqada qabul qilishi shart

27-noy, 08:22·Abdurahmon Ergashev
#O‘zbekiston

Toshkentda prokuratura organlari tashkil etilganining 35 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro forum boshlandi

26-noy, 16:18·E’zoza Olimova

Kun tanlovi

#O‘zbekiston

“Qishga 100 foiz tayyormiz” — Vazir o'rinbosari davlat byudjetidan ajratilgan mablag'lar samarali ishlatilishiga kafolat berdi

Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazir o'rinbosari Ozoda Jo'rayeva issiqlik ta'minoti uchun joriy yilda davlat byudjetidan yo'naltirilgan qariyb bir trillion so'm mablag' samarali ishlatilishiga kafolat berdi. Uning aytishicha, issiqlik tarmoqlari va qozonxonalar qish mavsumiga to'liq tayyor.

27-noy, 17:46·Behruzbek Mustafoyev
#O‘zbekiston

Bo‘ston tumani hokimi fuqarolarni oyog‘iga bahila kiydirib qabul qildi

27-noy, 17:00·Abdurahmon Ergashev
#O‘zbekiston

“So‘rovim shunga yarasha bo‘ladi”. Saida Mirziyoyeva Sirdaryodagi yig‘ilib qolgan muammolar sabab soha mas’ullarini jiddiy ogohlantirdi

27-noy, 16:18·Abdurahmon Ergashev

Soʻnggi yangiliklar

Barchasini koʻrish
#O‘zbekiston

Erlar gimnaziyasidan yuridik universitetgacha. Bir bino tarixi

20-noy, 17:34·Muhammadqodir Sobirov
#O‘zbekiston

Abu Muslim taxallusi bilan tanilgan bloger Adham Atajanov vafot etdi

19-noy, 14:58·Javohir Qadamov
#O‘zbekiston

Bo‘ston tumani hokimi fuqarolarni oyog‘iga bahila kiydirib qabul qildi

27-noy, 17:00·Abdurahmon Ergashev
#O‘zbekiston

O‘zbekistonliklar ixcham to‘yni xohlamoqda – Mahallalar uyushmasi. Amalda qanday?

21-noy, 13:19·Javohir Qadamov
#O‘zbekiston

Sayyid Abdulaziz Yusupov konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish va tuhmatda ayblanib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi

20-noy, 16:59·Abdurahmon Ergashev
#Sport

Sindorov — Gukesh: jahon toji uchun match formati, taqvimi va boshlanish vaqti

23-noy, 17:54·Javohir Qadamov
Yana koʻrsatish

Barcha asosiy voqealar real vaqtda — Telegram kanalimizda.

Obuna boʻlish
Portal24 — bosh sahifaga

Boʻlimlar

#Ommabop#O‘zbekiston#Siyosat#Dunyo#Jamiyat#Sport#Iqtisodiyot#Foydali

Tahririyat

Nashr haqidaMediakitni yuklab olish

Ijtimoiy tarmoqlarda

  • Instagram
  • YouTube
  • Facebook
  • LinkedIn

PORTAL24 — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida roʻyxatdan oʻtgan. Internet OAV sifatida roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma №2588770, 02.10.2024-yil.

Muassis: «AXBOROT MEDIA» MCHJ

© 2026 Portal24. Barcha huquqlar himoyalangan.

Sayt materiallaridan foydalanilganda portal24.uz saytiga havola berish majburiy.