O‘zbekistonga o‘qishga kelgan xorijliklar soni 1,7 baravarga oshib, 57,6 ming nafarga yetdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,7 baravarga ko‘paygan.
Xorijiy talabalar oqimi bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni Turkmaniston va Hindiston egallab turibdi — o‘n oy davomida Turkmanistondan 21 206 nafar, Hindistondan esa 16 971 nafar fuqaro O‘zbekistonga o‘qish uchun kelgan.
Shuningdek, qo‘shni va Osiyo davlatlaridan Tojikiston (3 724 nafar), Qirg‘iziston (2 417 nafar), Xitoy (2 269 nafar) hamda Pokiston (2 162 nafar) fuqarolari ham yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan.
Bundan tashqari, Misrdan 1 677 nafar, Janubiy Koreyadan 1 042 nafar va Filippindan 1 029 nafar yoshlar ta’lim olish maqsadida mamlakatga kelgan. Ro‘yxatning keyingi o‘rinlaridan AQSH (593 nafar), Turkiya (432 nafar), Janubiy Afrika Respublikasi (385 nafar), Buyuk Britaniya (361 nafar), Eron (326 nafar) hamda Iordaniya (314 nafar) joy olgan bo‘lsa, Afg‘oniston (254), Qozog‘iston (248), Bangladesh (201), Nepal (186) va Rossiyadan (172) ham yuzlab fuqarolar o‘qish uchun O‘zbekistonni tanlagan.







