O‘zbekiston 2027-yilda sayohat qilish uchun eng xavfsiz mamlakatlardan biri deb topildi

CEOWORLD Magazine nashri e’lon qilgan xalqaro reytingda O‘zbekiston xavfsizlik darajasi juda yuqori toifasiga kiritilib, 27-o‘rinni egalladi.
Mamlakatdagi tinchlik, barqarorlik, jamoat tartibi va ichki osoyishtalik baholashning asosiy mezonlaridan bo‘ldi. Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari esa reytingda quyidagicha o‘rin egalladi:
- Qozog‘iston — 44-o‘rin;
- Turkmaniston — 57-o‘rin;
- Qirg‘iziston — 65-o‘rin;
- Tojikiston — 73-o‘rin.
Qizig‘i, O‘zbekiston ushbu reytingda Avstraliya (29), Kanada (34), Germaniya (67), Buyuk Britaniya (76), AQSH (87) va Fransiyani (105) ham ortda qoldirgan. O‘zbekiston to‘rt darajali xavfsizlik tizimining eng xavfsiz — birinchi darajasiga kiritilgan. Bu sayyohlar mamlakatga odatiy ehtiyot choralariga rioya qilgan holda tashrif buyurishi mumkinligini anglatadi.







