Saida Mirziyoyeva AQSH maxsus vakili bilan yirik aviatashuvchi kema bortida bo‘ldi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor bilan birga Hindiston sohillari yaqinida “USS George Washington” aviatashuvchi kemasiga chiqib, kema texnologiyalari va ekipaj faoliyati bilan tanishdi.
O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSH prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor hamrohligida Hindiston sohillari yaqinida joylashgan dunyodagi eng yirik aviatashuvchi kemalardan biri – “USS George Washington” bortiga tashrif buyurdi.
Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari o‘zining Telegram’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi. Tashrif davomida ulkan harbiy kemaning tuzilishi, bortga o‘rnatilgan zamonaviy va noyob texnologiyalar hamda kema ekipaji a’zolarining kundalik xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishilgan.
Saida Mirziyoyeva ushbu tashrif haqida fikr bildirar ekan, ulkan kemaning texnik imkoniyatlari bilan tanishish hamda ekipaj ishini bevosita kuzatish o‘zgacha taassurot qoldirganini qayd etdi.







